Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Deputatlar Toshkent chegaralarini kengaytirishni tasdiqladilar
17.08.2021 08:10,  
292

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq, va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror loyihasini tasdiqladilar.

Deputat, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayevning aniqlik kiritishicha, Toshkent viloyatidan jami 7853,3 gektar yer maydoni (shundan 3250,1 gektari qishloq xo‘jalik yerlari) Toshkent shahriga, Toshkent shahridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi belgilanmoqda. Jumladan:

  • Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan 1 827,1 gektar yer maydoni (Chorbog‘, Belariq, Fayzli, Jaloyir, Nomdanak, Qumariq, Xonobodtepa, Taraqqiyot, Qorasuv, Xonobod, Qushbegi, Sohibkor, Istiqlol, Nurafshon MFYlar) Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga;
  • Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidan 490,0 gektar yer maydoni (Gulbog‘, Yik ota MFYlar) Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;
  • Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidan 1 134,2 gektar yer maydoni (Bektemir, Nurafshon, Namuna, Yangi hayot, A.Navoiy MFYlar) Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;
  • Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 294,6 gektar yer maydoni (Geofizika, Alisherobod, Chingeldi, Do‘stlik, Taraqqiyot, Barkamol, Bog‘ishamol, Vatanparvar, Amr Temur, Mevazor, Gulbog‘, Gulzor-1, Pastki yuz MFYlar) Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga;
  • Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 107,4 gektar yer maydoni (Jarboshi, Tashisti, Ibrat, Mirishkor, Arg‘in, Bahor, Chinor, Tovkentepa MFYlar) Toshkent shahrining Yashnobod tumani tarkibiga;
  • Toshkent shahrining Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga;
  • Toshkent viloyatining Bektemir tumani tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga o‘tkazilmoqda.

Parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, 1 iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahri aholisi soni 2737,2 ming kishini tashkil etib, joriy yil boshiga nisbatan 42,8 ming kishiga yoki 101,6 foizga o‘sgan. Aholining zichligi esa 1 km kv. maydonga 7564 kishini tashkil etmoqda.

«Poytaxt aholisi sonining yil sayin yuqori sur’atlarda o‘sib borishi shaharda yangi ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil etish, madaniy va dam olish maskanlarini ko‘paytirishni taqozo etyapti», — deyiladi xabarda.

Deputatlarning fikricha, Toshkent viloyati hududidan Toshkent shahriga yer maydonlarining o‘tkazilishi kelgusida aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан