Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Deputatlikning o‘zi maqom", — Kusherbayev
6.03.2021 14:56,  
207

Kusherbayev o‘ziga berilgan maqom haqida fikrlarini bildirdi.

Jumladan, deputat "Kecha hamkasblarim meni ham alohida namuna sifatida ramziy “Xalqparvar deputat” degan maqomga loyiq ko‘rishib, ovoz berishibdi. Ularning e’tibori, qo‘llovi uchun ulardan minnatdorman albatta. Balki bu ham kelgusidagi faoliyat uchun oldindan berilgan rag‘bat, muvaffaqiyatli an’anadir.

Biroq inson uchun “deputat” degan maqomdan-da yuqori ishonch, e’tirof yo‘q deb o‘ylayman. 
Chunki, har qanday deputatga yuksak maqomni saylovchilarning o‘zi berib bo‘lgan, ya’ni bu odamlarning ishonchi. Mana shu ishonch deputatga kuch, jur’at beradi, mehnat qilish, bedor bo‘lishga undaydi. 

Mukofot, e’tirof va rag‘batlantirishning eng yuksagi ham odamlarning ishonchi aslida.

Shu bois, hammamizga ishonchni oqlash yo‘lida mehnat qilish baxti nasib qilaversin!", deya yozadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан