Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevrosiyo Iqtisodiy ittifoqi: Destalinizatsiya amalga oshmagan Rossiyadan tenghuquqli munosabatlarni kutib bo‘ladimi?
4.10.2019 18:38,  
1067

Men umumiy qadriyatlar asosida qurilgan davlatlararo integratsiyasining ijobiy roliga ishonaman. Bunda, barcha mavjud muammolarini inobatga olgan holda, eng muvafaaqiyatli namuna deb Yevropa Ittifoqini hisoblayman. Shuning uchun YeOII blokiga a’zolik haqida fikr yuritar ekanman, YeIni amaliy etalon sifatida qabul qildim.

Yevropa Ittifoqi ma’lum mafkura tizimi asosida birlashgan. Ular uchun "umumiy urushlar va g‘alabalar" asosida birlashish g‘alati bo‘lar edi: insoniyat tarixi mobaynida yevropa xalqlarichalik bir-birini eng ko‘p qirgan millat boshqa hech davr va makonlarda uchramasa kerak.

Ikkinchi jahon urushi yakuni bilan G‘arbiy Yevropa elitalari Renessans mutafakkirlari orzu qilgan "Umum Yevropa uyi" g‘oyasini hayotga tadbiq qilishga azmu qaror qildilar. Va nihoyat, Sovet bloki qulashi bilan Yevropa Ittifoqi nomli yangi siyosiy sub’yekt paydo bo‘ldi. Kambag‘alroq Yevropa mamlakatlariga o‘z iqtisodlarini yaxshilab olishga imkoniyat tug‘ildi, ammo Fransiya, Germaniya kabi rivojlangan davlatlarining bunday imkoniyatga unchalik ehtiyojlari bo‘lmagan edi. Ta’kidlaymiz, YeI poydevorida insonparvarlik (gumanizm) falsafasi, umumiy tinchlik, hamkorlik va o‘zaro totuvlik bilan hayot kechirish istagi yotadi. Yaqin muddatli va tor iqtisodiy maqsadlar esa quyiroq darajali ahamiyatga ega bo‘lgan.

Endi bizga taklif qilinayotgan YeOII asosida qanday g‘oyaviy asoslar bor? O‘z nomida mavjud bo‘lgan «iqtisod»mi? Bunga ishonish qiyin bo‘lyapti. "Iqtisodiy ittifoq" ko‘proq geosiyosiy loyiha ekanligini xatto iqtisodiy tahlilchilar ham aytadilar. Va bunday siyosiy manfaat ittifoq uchun umumiy bo‘lmay, balki shu jamoaning eng katta o‘yinchisi Putin boshchiligidagi Rossiyaga tegishli xolos. Xozirgi kunda Kreml o‘zining global kun tartibini ilgari surish maqsadida Rossiya iqtisodiy manfaatlarini hech ikkilanmay qurbon qilaverishini bir necha bor kuzatganmiz. Uning spontan tashqi siyosiy va hatto harbiy harakatlari yon qo‘shnilari, ittifoqchilariga zarar yetib qolishi haqida o‘ylab ham o‘tirmaydi, o‘zaro konsultatsiya degan narsa bunday zehniyatga butkul yot. Qanday ittifoq haqida gap bo‘lishi mumkin?!

Boshqaruv borasida Yevropa tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak: YeI demokratik yo‘llar bilan iqtidorga kelgan partiyalar va ular tayinlagan vazirliklar tomonidan idora qilinadi. YeI byurokratiyasini har qancha tanqid qilish mumkin, lekin uni xatarli shoshqaloqlik, shaffofsizlik, shuningdek tizimsizlikda ayblash mumkin emas. Bu esa ko‘pdavlatli yagona tizim uchun o‘ta muhim talab. YeOII qanday idora qilinadi? Kimlar idora qilyapti? Bu savollarga javobni o‘quvchining kuzatuvchan fahmiga qoldirdim.

YeOII blokiga chorlayotgan Rossiyada yakuniy destalinizatsiya bo‘lib o‘tmadi (stalinizm jinoyatlariga to‘laqonli siyosiy va huquqiy baho berilmadi), neoimperialistik iddaolar rasmiy ritorikada sizilib turadi, markaziy hukumat va unga maslahatgo‘ylik qilayotgan ekspertlar xali ham «global qutblarga qaram regional ta’sir doiralari», kabi arxaik dunyoqarash va Sovet davrini qo‘msash kayfiyatida o‘ralashib qolgan. Bunday sharoitda tenghuquqli munosabatlarni qanday kutish mumkin?

O‘zbekiston uchun mustaqil davlatchilik manfaatlari mavhum iqtisodiy manfaatlardan ustun bo‘lishi lozim. Umid qilardimki, yaqin kelajakda O‘zbekistoning o‘zi hamjihatlik, erkinlik qadriyatlari, inson huquqlari va modernizatsiya g‘oyalar asosida integratsion loyihalarni atrof mamlakatlarga taklif qila oladigan darajaga yeta oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан