Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindistonda boburiylar davriga oid qo‘lyozmalar ko‘rgazmasi ochildi
12.02.2020 18:35,  
123

Hindistondagi Rampur shahrida mashhur Roza kutubxonasi mavjud. 1774 yilda tashkillashtirilgan kutubxonada 17000 ga yaqin qo‘lyozmalar, ichida 4413 dona rasmlari bo‘lgan 150 ta rasmli kitoblar, 5000 ta miniaturalar, 83000 ta qadimiy kitoblar hamda 3000 ta islomiy xattotlik namunalari saqlanadi.         

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida Rampur kutubxonasida boburiylar davriga oid qo‘lyozmalar va miniaturalar ko‘rgazmasi ochildi deb xabar bermoqda Dunyo axborot agentligi.

Ko‘rgazmada nodir qo‘lyozmalar, Bobur asarlaridan parchalar, Amir Temur va uning avlodlari - Zaxiriddin Muhammad Bobur, Shohjahon, Avrangzeb Olamgir tasvirlangan miniatyuralar, o‘sha davr kitoblariga oid rasmlar, shuningdek badiiy asarlar namoyish etilgan.

Rampurdagi kutubxonada “Devoni Bobur”ning asl nusxasi saqlanadi.

"Kutubxonada Zohiriddin Muhammad Bobur va o‘rta asrlar Hindistoniga oid Bobur avlodlari Hindistonda hukmronlik qilgan davrga oid boy qo‘lyozmalar to‘plami mavjud. Ularning orasida ilohiyot, she’riyat, tibbiyot, ilm-fanga oid ko‘plab qo‘lyozmalarni topishingiz mumkin va har bir asarning o‘z tarixi bor. Kutubxonadagi eng qimmatli qo‘lyozmalardan biri, shubhasiz, “Devoni Bobur” bo‘lib, unda Boburning o‘zi qo‘li bilan yozilgan satrlar mavjud. Bundan tashqari, siz O‘rta Osiyo haqida keng qo‘lyozmalar to‘plamini topasiz, chunki ularning ko‘pgina mualliflari qadimgi Movarounnahrdan”, — deydi sharqshunos olim Naxi Abbos Kaifiy.

Eslatib o‘tamiz, bu yil 14 fevral kuni buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi keng miqyosda nishonlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан