Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Deyarli 40 nafar sportchi oliy ta’lim muassasalariga qalbaki hujjat bilan o‘qishga kirgani aniqlandi
2.11.2021 10:09,  
138

Turizm va sport vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Bosh prokuratura tomonidan olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha belgilangan sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlariga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtiyozining berilishida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlarini o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, oxirgi uch yilda 4 001 sportchi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda (tibbiyot yo‘nalishidagi OTMlardan tashqari) imtiyozdan foydalanishgan.

O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, sport musobaqalarini o‘tkazish hamda iqtidorli sportchilarni tanlab olish va imtiyoz berish tizimini tartibga solishda muammolar aniqlangan.

«Sport sohasi vakillariga imtiyoz berishdan maqsad Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, Jahon chempionatlariga iqtidorli sportchilarni tayyorlash va yuksak natijalarga erishishdan iborat bo‘lsada, biroq ko‘p hollarda imtiyozlar «ayrim yoshlar» uchun o‘qishga kirish vositasiga aylanib qolgan», - deyiladi xabarda.

Xususan, 2018 yilda 421 nafar, 2019 yilda 1 213 nafar va 2020 yilda 2 367 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyozdan foydalanib, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan va o‘tgan 3 yilda imtiyozdan foydalanuvchilar soni 5 barobarga ortgan.

Shu bilan birga, imtiyozdan foydalanuvchilar sonini sun’iy oshirish maqsadida ayrim sport musobaqalarining soni ham orttirilgan. Jumladan, imtiyoz beruvchi olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha 2018 yilda 206ta musobaqa o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilda 296tani tashkil etib, 30 foizga oshgan. Bu g‘olib va sovrindorlar sonining ham ortishiga olib kelgan.

Masalan, kalendar rejaga muvofiq, 2018 – 2021 yillarda basketbol, voleybol va chim ustida xokkey bo‘yicha 146ta respublika chempionatlari o‘tkazilishi lozim bo‘lsada, amalda ikki barobar ko‘p, ya’ni 273ta o‘tkazilgan. Natijada, bu sport turlari bo‘yicha 2018 yilda – 18 nafar, 2019 yilda – 82 nafar, 2020 yilda – 295 nafar va 2021 yilda – 308 nafar sportchi imtiyoz asosida o‘qishga tavsiya etilgan.

Shuningdek, milliy chempionatlarni o‘tkazish jarayonini elektronlashtirish, video va foto tasvirga olish tizimli yo‘lga qo‘yilmasdan, barcha hujjatlar qog‘oz shaklida yuritib kelingan. Bu esa ayrim sport murabbiylari tomonidan musobaqa natijalari soxtalashtirilishiga imkon yaratgan. Masalan, 2020 yilda 31 nafar sportchi qalbaki hujjatlar asosida oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda qabul qilinganligi aniqlangan.

G‘oliblikni qo‘lga kiritmagan yana 7 nafar sportchiga imtiyozlar taqdim etilgan. Yig‘ilishda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani aytildi.

Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyozli asosda tavsiya etilgan 1 921 nafar sportchi kasbiy (ijodiy) imtihondan o‘tkazilgani aniqlangan.

Natijalarga ko‘ra, ishtirokchilarning 213 nafari maksimal ballning 36 foizini ham to‘play olmagan, 41 nafari esa ijodiy imtihon talablarini umuman bajara olmagan va yana 147 nafari turli bahonalar bilan imtihonlarda ishtirok etmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан