Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Diamond Princess kemasining ikki yo‘lovchisi koronavirusdan vafot etdi
20.02.2020 10:18,  
194

Koronavirus tashxisi bilan Diamond Princess kruiz kemasining ikki yo‘lovchisi vafot etdi, deb xabar beradi NHK hukumat manbalariga tayanib. Vafot etganlar taxminan 80 yosh atrofidagi erkak va ayoldir.

Bundan bir kun oldin, Yaponiyaning qirg‘oqlarida turgan Diamond Princess kemasining ikki haftalik karantini tugagan edi. 19 fevral kuni taxminan 500 kishidan iborat birinchi guruh sayyohlar qirg‘oqqa chiqishdi.

Kruiz kemasida 50 davlatdan 3 600 ga yaqin kishi bo‘lgan. Kema 20 yanvar kuni Yaponiyaning Yokogama shahridan chiqib, 3 fevral kuni qaytib keldi. 25 yanvar kuni Gonkongda kemani tark etgan yo‘lovchilardan biri ushbu koronavirusni yuqtirganligi aniqlanganidan so‘ng, kemani karantinga qo‘yishga qaror qilishgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан