Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Diyego Maradona vafot etdi
25.11.2020 22:08,  
421

Oktyabr oyi oxirida u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun shifoxonaga yotqizilgan, unda subdural gematoma aniqlangandi. Bunday gematoma odatda bosh miya jarohati asoratlari natijasida paydo bo‘ladi. Yosh o‘tgandan keyin u surunkali gematomaga aylanishi mumkin.

Clarín nashri ma’lumotiga ko‘ra, noyabr oyi boshida uning miyasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan, unga 12 noyabr kuni javob berilgandi.

Argentinada Maradonaning o‘limi tufayli uch kunlik motam e’lon qilingan.

  • Diyego Maradona futbolchilik faoliyati davomida «Barselona», «Napoli», «Sevilya» klublarida o‘ynagan. 1977-1994 yillarda u Argentina terma jamoasi sharafini himoya qilib, 1986 yilgi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan, 1990 yilgi mundialda esa kumush medallar bilan taqdirlangandi. U FIFA saytidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra XX asrning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingandi.
  • Diyego Maradona — qo‘l bilan urgan goli orqali yanada mashhur bo‘lgan. 1986 yilgi jahon chempionatida Angliyaga qarshi o‘yin vaqtida argentinalik futbolchi raqib jarima maydonida havodan uzatilgan to‘pga sakragan va qo‘li bilan zarba bergan, uning bu harakatini hakamdan boshqa barcha ko‘rgan va gol hisobga olingan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан