Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Diyetologlar kimlar xurmo yeyishi mumkin emasligi haqida aytishdi
7.11.2019 21:18,  
1446

Noyabr – xurmo yeyish mavsumi. “Vechernaya Moskva” gazetasi diyetologlardan ushbu mevaning xususiyatlari va uni yeyish kimlarga tavsiya qilinmasligi haqida ma’lumot olishdi.

Diyetolog, fitoterapevt, nutritsiolog Anjelika Dyuval: “Xurmo sog‘liq uchun nihoyatda foydali. Tarkibida juda ko‘p vitaminlar, jumladan A, B, C hamda mikroelementlar mavjud. Kuzda juda kerak bo‘ladigan bu vitaminlar immunitetni mustahkamlaydi, asab tizimini yaxshilaydi va tanani turli infeksiyalardan himoya qilishga yordam beradi”.

Diyetolog xurmoni haftasiga ikki-uch marta yeyishni tavsiya qildi. Duvall xurmoni boshqa mevalar singari ishlatishdan oldin yuvish kerakligini eslatdi.

Xurmo yod va temir moddalariga juda boy, ular inson tanasi uchun yilning istalgan vaqtida zarurdir. Xurmo, ayniqsa, kamqonlikdan aziyat chekadigan odamlar uchun tavsiya etiladi. Oshqozon kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga bemalol xurmo yeyish tavsiya qilinadi. Chunki uning tarkibida juda oz miqdorda kislota mavjud. Yana antibakterial xususiyatlarga ega. Yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq kasalliklarda ham tavsiya etiladi.

Fetaterapeft buyrakda tosh hosil bo‘lgan odamlarga xurmo yeyishni tavsiya qilmaydi Oshqozon osti bezining muammosi bo‘lgan odamlarda ham shunaqa vaziyat.

Nutritsiolog, diyetolog Natalya Proxorova: “Xurmo - bu muntazam mavsumiy meva. U albatta yordam beradi. Bu meva, uzumdan farqli o‘laroq, yuqori kaloriya tarkibiga ega. Qandli diyabet bilan kasallanganlar ham yemaganlari ma’qul. Kuniga bitta xurmo yetadi. Chunki xurmo nihoyatda shirin. Ko‘p miqdorda xurmo yeyish insulinning og‘ir formasiga olib kelishi mumkin. Sog‘lom odamlarga kuniga ikki yoki uch dona xurmo yeyish tavsiya qilinadi”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан