Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Diniy qo‘mita o‘zini «Allohning elchisi» deb atab olgan soxta «payg‘ambar»dan ogohlantirdi
18.07.2020 14:30,  
930

Internet saytlarida «Allohning elchisi» deb, turli safsatalarni to‘qiyotgan shaxsning gap-so‘zlari ko‘pchilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, mo‘min-musulmon aholining asosli  noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Shuni qayd etish lozimki, O‘zbekiston fuqarosi (u kim bo‘lishidan qat’iy nazar) Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishi, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmati, diniy mansubligini hurmat qilishga majburdir.

Yurtimiz hududida faoliyat yuritayotgan har bir din vakilining diniy manbalari, qadriyatlari, muqaddas tuyg‘ulari, ular tomonidan e’zozlanadigan shaxslar hurmat qilinishi shart. Ularga nisbatan haqoratli so‘z ishlatish, yomon munosabatda bo‘lish, obro‘sizlantirish, soxta da’vo va tuhmat qilishga hech kimning haqqi yo‘q.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston aholisining 90 foizidan ortig‘i Islom diniga e’tiqod qiladi. Shu nuqtai-nazardan  o‘zini «Payg‘ambar» deb e’lon qilgan shaxsning da’vosi  keng jamoatchilik orasida salbiy ruhdagi, keskin bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi, o‘z navbatida, musulmonlarga nisbatan noo‘rin gap-so‘zlar paydo bo‘lishiga ham zamin yaratdi.

Bu esa, odamlar o‘rtasida turli noroziliklar, ixtiloflar keltirib chiqarishi voqe’likda ma’lumdir. Tarixda esa bu kabi harakatlar qanday ayanchli yakun topgani ko‘pchilikka ma’lum.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bugungi murakkab davrda odamlarni diniy e’tiqodlariga taalluqli bo‘lgan bu kabi nojoiz holatni qoralaydi hamda ijtimoiy  tarmoqlarda mazkur masala yuzasidan  fikr-mulohaza bildirish asnosida ehtiroslarga berilmasdan, donishmandlarcha vazmin va og‘ir-bosiq bo‘lib,  bu kabi soxta Payg‘ambarlar har zamonda uchrab turishi nuqtai-nazaridan unga ortiqcha e’tibor bermaslikni so‘raydi.
 
Zero, hadisi sharifda aytilganidek “Mo‘min kishi oqil, farosatli, ziyrak va hushyor bo‘ladi”, bu kabi shaxslarning bema’ni harakatlariga nisbatan o‘zining qimmatli vaqtini sarflamaydi, foydali ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladi.

So‘zimiz yakunida, odamlar o‘rtasida salbiy bahs-munozaralar keltirib chiqaradigan bu kabi materiallarni tarqatishdan saqlanishga chaqiramiz.

Bugungi sinovli kunlarda har turli narsalarga chalg‘imasdan bir xalq sifatida bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaylik, bir-birimizni ehtiyot qilaylik, imkon qadar yordam qo‘lini cho‘zaylik!

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан