Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Dini bir bo‘lgan xalqni hech kim orasini buzolmaydi» – O‘zbekiston va Qirg‘iziston muftiylari uchrashdi (foto)
25.06.2020 16:11,  
483

Bugun, 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyasini Qadamjoy chegara postida Qirg‘iziston delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Qadamjoy tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muftiy Usmonxon Alimov Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi Maqsad-hoji To‘xtamishov ikki davlat o‘rtasida diniy-marifiy sohadagi aloqalarni mustahkamlash, chegaradosh tumanlarda faoliyat yurituvchi imomlar hamkorligini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ahillik, o‘zaro hamkorlik, yaxshi qo‘shnichilik tamoyillarini targ‘ib qilish xususida to‘xtaldi.

«Qur’onni mahkam tutsak, musulmon, mo‘min ekanligimizni unutmasak, hech qachon oramizga begona kuchlar kirolmaydi. Mo‘min mo‘minga faqat yaxshilikni ravo ko‘radi» - deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi.

«3 kuchlar ovora bo‘lmasin, oramizni buzolmaydi. Tojik, o‘zbek va qirg‘iz xalqi azaldan do‘st, qon qarindosh bo‘lgan. Dinimiz bir. Oramizni buzishga uringan uchinchi kuchga shuni eslatib qo‘ymoqchiman: Dini bir bo‘lgan xalqni hech kim hech qachon orasini buzolmaydi» - dedi Qirg‘iziston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Maqsadbek To‘xtamishov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан