Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Diniy idora dafn marosimidan keyingi ma’rakalarni o‘tkazmaslikka chaqirdi — Qozog‘iston
20.07.2020 10:33,  
168

Qozog‘iston Musulmonlari diniy boshqarmasi koronavirus epidemiyasi sharoitida janoza namozi va boshqa marosimlarni o‘tkazish to‘g‘risida bayonot berdi, deb xabar beradi Kazinform.

Qozog‘iston Musulmonlari diniy boshqarmasi fuqarolarni janoza va boshqa marosimlarga qo‘yiladigan talablarga rioya qilishga va mamlakatda karantin tadbirlariga rioya qilishga chaqirmoqda.

Bayonotga ko‘ra, mayitni yuvish, kafanlash, janoza namozini o‘qish va dafn etishni sanitariya-epidemiologik talablarga muvofiq o‘tkazish;

Janoza namozida ishtirok etuvchilar qo‘l berib salomlashmasligi, doimo niqob taqib yurishi;

Janoza namozini uzog‘i bilan 5 daqiqa ichida o‘tkazish, dafn marosimidan keyin odamlarni darhol qaytarish;

Pensiya yoshidagi, sog‘lig‘ida muammo bo‘lgan odamlar va maktab yoshidagi bolalar dafn marosimiga qatnashmasligi;

Dafn marosimida ishtirok etuvchilar soni 10 kishidan oshmasligi;

Jamoat joylarida janoza namozini o‘qimaslik;

Qabrtosh qo‘yish, qabr ustiga maqbara qurish kabi ishlarni to‘xtatib turish va qabr boshiga belgi qo‘yish bilan cheklanish;

Dafn marosimidan keyin odamlarni to‘plab ovqat berish, yetti kunlik, qirq kunlik, bir yillik kabi ma’rakalarni mamlakatda epidemiologik vaziyat to‘liq barqarorlashmaguncha o‘tkazmaslik tavsiya etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан