Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondan bu yil «Haj»ga borishni rejalashtirgan fuqarolarning navbati nima bo‘lishi ochiqlandi
23.06.2020 18:46,  
563

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj va umra ziyoratlarini xorijliklar uchun bekor qilishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Bu yilgi Haj mavsumida xorijlik ziyoratchilar qabul qilinmaydi

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 23 iyun kuni «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashining Saudiya Podshohligi tomonidan «Haj-2020» mavsumi bo‘yicha qabul qilingan qaror muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

"Joriy yilning 27 fevral kunidan boshlab koronavirus pandemiyasi sababli Saudiya Arabistoni Podshohligiga kirish taqiqlab qo‘yildi va 14 mart kuni esa, Tashqi ishlar vazirligi orqali Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirining «Haj-2020» mavsumining tashkiliy ishlarini kechiktirib turish to‘g‘risidagi rasmiy xati olindi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda Saudiya Arabistoni Podshohligida keskin epidemiologik vaziyat saqlanib qolmoqda. Har kuni o‘rtacha 4000 ga yaqin virus bilan kasallanish, 35-40 ta o‘lim holati kuzatilmoqda.

Saudiya Arabistoni qiroli – Ikki Muqaddas Haram xizmatchisi qirol Salmon bin Abdulaziz ana shunday inson salomatligi uchun murakkab vaziyatni inobatga olib, «Haj-2020» mavsumi uchun chet eldan ziyoratchilarni qabul qilmaslik haqidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi hamda joriy yilning 22 iyun kuni mamlakat ichida bo‘lib turgan cheklangan miqdordagi ziyoratchilar uchun ichki haj mavsumini tashkil etish bo‘yicha barcha tegishli choralarni ko‘rish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Saudiya hukumatining ushbu qarori Saudiya ulamolari Kengashi, Islom hamkorlik tashkiloti, Islom olami uyushmasi, Misrdagi Al-Azhar majmuasi hamda «Dorul ifto» fatvo hay’ati va boshqa ko‘plab ilmiy markazlar tomonidan ma’qullandi.

Yuqoridagilarga asoslangan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi Saudiya Arabistoni qiroli – Ikki Muqaddas Haram xizmatchisi qirol Salmon bin Abdulazizning hojilar manfaatlari, ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishni ta’minlash nuqtai nazaridan qabul qilgan ushbu qarorini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, Jamoatchilik kengashi joriy yilgi haj safariga borishni rejalashtirgan fuqarolarimizning navbati to‘liq saqlangan holda keyingi yilga o‘tkazilishini eslatib o‘tadi" - deyiladi qo‘mita axborotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан