Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Diqqat! Akademik litseylarga kirish test sinovlari 30 avgust kuni o‘tkaziladi
29.08.2021 13:42,  
39

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar berishicha, 2021-2022-o‘quv yili uchun Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2021 yil 30 avgust kuni 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

1-smenada 08:00 dan 09:40 ga qadar;

2-smenada 18:00 dan 19:40 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soatu 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 29 avgust kuni 09:00 dan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining litsey.edu.uz saytidan va akademik litseylardan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан