Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Diqqatni jamlash — muvaffaqiyat garovi
10.10.2019 15:52,  
1614

Yangi kasb yoki hunar o‘rganmoqchimisiz? Aqliy faoliyatingizni kuchaytirmoqchimisiz? Vaqtingizdan unumli foydalanib oz vaqtda ko‘p natijaga erishmoqchimisiz? Unda diqqatingizni bir nuqtaga jamlashni, qunt qilishni, qilayotgan mashg‘ulotingizdan chalg‘imaslikni o‘rganing.

Amerikalik professor Kal Nyuport yozgan "Deep Work" ya’ni, o‘zbekchada "Qunt bilan chalg‘imay ishlash" nomli kitob ana shu mavzuda.

Bu kitobda hozirgi paytda noyob malakaga aylangan o‘ta muhim qobiliyat haqida so‘z ketadi. Shiddatli o‘zgarayotgan hozirgi dunyoda muvaffaqiyat qozinish garovi bu sharoitga tez moslashish, o‘zgarish va yangi kasb, mahorat hamda malakalarni o‘zlashtirishdir, deydi muallif. Buning uchun esa diqqatni jamlab, bir nuqtaga qaratish lozim bo‘ladi. Mana shu mahoratni egallash va saqlab qolish hozir juda qiyin bo‘lib ketmoqda. Chunki e’tiborimizni tortuvchi, diqqatimizni parchalovchi vositalar shu jumladan, turli onlayn o‘yinlar, ko‘ngil ochar va muloqot applikatsiyalari urchib ketgan.

Uning aytishicha, e’tiborimiz, diqqatimiz eng katta boyligimizdir. Bizdagi ushbu bebaho xazinani jalb qilish uchun Facebook, Google kabi yirik shirkatlar yiliga milliardlab dollar sarflaydi. Eng aqlli ekspert injenerlarni yollaydi. Smartfonlardagi applikatsiyalar imkon boricha bizni o‘ziga tortishga harakat qiladi. Feysbuk yoki Instagramga kirib soatlab qolib ketishingiz bejiz emas. Diqqatimiz bu pul, daromad demakdir.

Ilm-fanga asoslangan iqtisodda aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar uchun diqqatni jamlay olmaslik, fikrni bir nuqtada saqlay olmaslik rivojlanish va muvaffaqiyat yo‘lidagi katta to‘g‘anoq, deydi muallif.

Diqqatni jamlash malakasi tug‘ma emas. Unga doimiy mashq qilish, zaruratlarni to‘g‘ri belgilash, keraksiz ishlardan voz kechish, qurbonlik va mehnat orqali erishiladi. Bu malakani kasb etish uchun bir nechta maslahatlar beradi. Shulardan eng asosiylari: elektron pochtadan optimal foydalanish, ijtimoiy tarmoqlardan butunlay voz kechish, internetdan maqsadli va ongli ravishda foydalanish.

Bu kitobdan keyin "Digital Minimalism"ni boshladim. Bu ham oldingi kitobning mantiqiy davomi bo‘lib, internetga tobelikdan qanday qutulish, uni shaxsiy rivojlanish uchun qanday xizmat qildirishni o‘rgatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан