Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Direktorlarning yagona maktab formasi savdosini tashkil etishi taqiqlandi
8.07.2019 09:27,  
200

O‘rta umumta’lim maktablari direktorlarning yagona maktab formasi savdosini yoki boshqa bichimdagi formalarni markazlashgan holda joriy etishni tashkil etishi taqiqlanadi. Maktab formalari savdosi maxsus savdo shaxobchalari orqali tashkil etiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi yana bir bor eslatadi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 18 iyundagi qaroriga ko‘ra, yagona maktab formasi 2019/2020 o‘quv yilidan emas, balki 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi.

2024/2025 o‘quv yiliga qadar o‘quvchilar maktablarga yagona maktab formasida kelishlari ixtiyoriy bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hududlar kesimida o‘quvchilar uchun maktab formalari ishlab chiqaruvchi korxonalar ro‘yxatini e’lon qilgan. Ota-onalar formalarni ulardan sotib olishlari mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан