Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dizayner Nariman Grigoryanning qotiliga sud hukmi o‘qildi
27.08.2020 14:27,  
2038

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida fuqaro Nariman Alimdjanov (dizayner Nariman Grigoryan)ni qasddan o‘ldirganlikda ayblangan sudlanuvchi B.Burkitbayev (1996 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, o‘zbek, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

2020 yil 14 avgustdagi sud hukmiga ko‘ra, B.Burkitbayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. 

B.Burkitbayevga uzil-kesil o‘tash uchun 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.​

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 14 yanvar kuni Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985 yilda tug‘ilgan A.N. (Nariman Grigoryan)ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgandi.​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан