Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Doimiy propiskaga qo‘yish masalasida qanday yengilliklar berilmoqda?
18.03.2020 12:50,  
935

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining axborot berishicha, keng jamoatchilik istaklarini va xalqaro ekspert jamoatchiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazining quyidagi takliflariga rozilik berilgan:

– 2020 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk xarid qilishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartibni joriy etish;

– O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi va respublikaning boshqa hududlarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini bekor qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 1 aprelga qadar qonun hujjatlariga mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin, unda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadi:

propiskaga qo‘yish bilan bog‘liq jarayonlar va ularni “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshirish mexanizmlari raqamlashtirilishini ta’minlashni.

fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish masalasida davlat xizmatini ichki ishlar organlariga bormasdan turib Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish mexanizmi joriy etilmoqda. Shuningdek, fuqarolar o‘zlariga qulay va yaqin bo‘lgan M va FRBga borib, doimiy propiskani rasmiylashtirish imkoniyati yaratilmoqda.

fuqarolarga doimiy propiskani rasmiylashtirish jarayonida pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga propiska shtampini bosish amaliyotidan voz kechilmoqda va doimiy propiskaga ega bo‘lish holati raqamlashtirilmoqda.

fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, doimiy propiskaga turishda avvalgi yashash joyidan propiskadan chiqish mexanizmi bekor qilinmoqda.

harbiy xizmatga majburlar (16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan ayollar)ning doimiy propiskani rassmiylashtirishdan oldin mudofaa ishlari bo‘limlariga harbiy hisobga turish uchun borish tartibi bekor qilinib, ushbu jarayonni idoralararo elektron ma’lumot almashinuvi dasturi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Amaldagi tartib bo‘yicha fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun avvalgi istiqomat joyidagi M va FRBga shaxsan borib, ro‘yxatdan chiqishi (agar harbiy xizmatga majbur bo‘lsa, hududiy mudofaa ishlari bo‘limiga borib, harbiy hisobdan ham chiqishi), so‘ngra kelgan joyi bo‘yicha M va FRBga yana shaxsan borishi (agar harbiy xizmatga majbur bo‘lsa, hududiy mudofaa ishlari bo‘limiga borib, harbiy hisobga turishi) lozim. Endilikda doimiy propiskani rasmiylashtirishni uy-joy egasi MvaFRBga borib yoki “Yagona darcha” tamoyili asosida internet orqali amalga oshirishi mumkin. Fuqaroning avvalgi yashash manziliga borib ro‘yxatdan va harbiy hisobdan chiqib kelishi talab etilmaydi. Ushbu jarayonlar elektron tarzda hal etiladi. Shuningdek, doimiy propiskani rasmiylashtirishda uy daftari yoki xonadon kartochkasi yuritish, pasportga shtamp bosish amaliyoti bekor qilinmoqda. Faqatgina fuqaroning xohshiga qarab, qayd varaqasi rasmiylashtirib berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat ichida propiskasiz yoki hisobga turmasdan yurish muddati 10 kun qilib belgilangan, ya’ni avvalgi tartib o‘zgarishsiz qoldirilgan. Xorijiy davlatlarning tajribasi o‘rganilganda, bu muddat AQSh, Gruziya davlatlari, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalarida 10 kunni, Germaniya, Janubiy Koreya va Yaponiyada 14 kunni tashkil etishini ko‘rish mumkin.

MAVZUGA DOIR: Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini qo‘pol ravishda buzayotgan propiska tizimi yanada og‘irlashadi

Mazkur loyihalar xalq muhokamasidan o‘tgandan so‘ng, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida qayta ko‘rib chiqiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан