Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Donald Tramp AQShda soliqdan qochgani ma’lum bo‘ldi
28.09.2020 10:29,  
170

"New York Times" gazetasining yozishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp 2016 va 2017 yillar bor-yo‘g‘i 750 dollar soliq to‘lagan. Bunga sabab, Tramp topshirgan soliq hujjatlarining ko‘rsatishicha, u bizneslaridan hech qanday foyda olmagan; aksincha, millionlab dollar zarar ko‘rgan.

Shuningdek, Tramp o‘tgan 15 yilning 10 tasida hech qanday soliq to‘lamagan; uning bizneslari foydadan ko‘ra ko‘proq zarar olib kelgani bunga asos qilib ko‘rsatilgan.

Tramp Oq uyga kelganda xorijlikliklar bilan yangi biznes loyihalarini olib bormaslikka so‘z bergan edi. 2017 yilda u xorijdagi bizneslaridan 74 million dollar daromad ko‘rgan.

Qizig‘i, Tramp AQShdan ko‘ra xorijda ko‘proq soliq to‘lar ekan. Masalan, 2017 yil u AQSh byudjetiga $750 o‘tkazgan bo‘lsa, Panamada $15 598, Filippinda $156 824, Hindistonda esa $145 400 soliq to‘lagan.

AQSh soliq tizimida tirqishlar shu qadar ko‘pki, Trampdek millionerlar va milliarderlar millionlab dollar daromad ko‘rsa ham, uzoq yillar hech qanday soliq to‘lamasdan yurishlari mumkin.

Tramp soliqdan bo‘yin tovlash uchun xarajatlarini haddan ortiq qilib ko‘rsatgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, sartarosh va stilist uchun 100 ming dollarga yaqin xarajat sarflangani ko‘rsatilgan.

Tramp o‘zini muvaffaqiyatli biznesmen sifatida ko‘rsatib keladi, ammo soliq hujjatlarini oshkor qilish haqidagi jamoatchilik talablarini shu paytgacha rad etgan. Bu masalada hatto sud ishi ham davom etmoqda.

"New York Times" Trampga aloqador soliq hujjatlarini qayerdan olgani ma’lum emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан