Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Donald Trampning Oq uydagi kunlari sanoqli qoldimi?
26.09.2019 10:14,  
651

AQSh Kongressi Vakillar palatasi AQSh Prezidenti Donald Trampga qarshi rasman impichment (prezidentlikdan olish) jarayoni boshlanganini e’lon qildi.

Bunga nima sabab bo‘ldi?

Trampni impichment qilishga chaqirib kelayotgan demokratlar u saylangan birinchi kundanoq mavjud edi va ularga ko‘ra, buning sabablari juda ko‘p. Lekin bu hafta yuz bergan so‘nggi mashmashalar demokratlar talabini yanada kuchaytirdi va ularning sardori, Vakillar palatasi Spikeri Nensi Pelosi ham bu ishni qo‘llab-quvvatlashini rasman e’lon qildi. Pelosi dastlab bunga qarshilik bildirib kelayotgan edi. Chunki impichment talabi kelayotgan saylovda Trampning tarafdorlarini jonlantirib, unga qo‘l kelishi mumkin.

Xullas, so‘nggi mashmasha shuki, Tramp 2020 yilda qayta saylanishini osonlashtirish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan demokrat raqibi Jo Bayden oilasining Ukrainadagi bizneslarini tekshirishni so‘ragan. Ya’ni, shu orqali Baydendan kir topib, buni saylovda unga qarshi ishlatishni ko‘zlagan. Kiyevga bosim o‘tkazish uchun Tramp hatto Kongressning Ukrainaga ajratgan yordam pulini ham to‘sgani aytilmoqda. Bu juda jiddiy ayblovlar. Ya’ni, AQSh rahbari o‘zining saylanishi uchun xorijiy hukumatdan yordam so‘rashi mumkin emas va Kongress ajratgan mablag‘dan ta’sir quroli sifatida foydalanishi ham noqonuniy.

Tabiiyki, Tramp bu ayblovlarni inkor etmoqda.

Tramp impichment bo‘lishi ehtimoli qanchalik yuqori?

Bunday ehtimol juda past. Nega? Chunki impichment bo‘yicha so‘nggi qarorni Senat beradi. Ya’ni, prezident Senatda sud qilinadi va ularning qarori asosida prezident yo ishda qoladi yoki ishdan olinadi. Ayni paytda Senatda respubikachilar ko‘pchilik. Trampning aybini inkor qilib bo‘lmaydigan darajada aniq dalillar bo‘lsagina ular impichmentni yoqlashi mumkin. Aks holda va ko‘p ehtimol bilan hozirgi vaziyatda respublikachilar partiyadoshi Trampni himoya qilishi aniq va demak, prezidentning impichmentga uchrashi ehtimoli juda kam.

Vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан