Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Donald Trampning ukasi vafot etdi
17.08.2020 11:33,  
365

AQSh rahbari Donald Trampning ukasi Robert Tramp vafot etdi. 72 yoshli Robert Tramp Nyu-Yorkdagi shifoxonaga og‘ir ahvolda yotgan edi. Bu haqda Amerika ovozi xabar berdi.

«Yurakda og‘riq bilan ukam Robert bugun kechasi vafot etganini ma’lum qilmoqchiman. U nafaqat ukam, balki eng yaqin do‘stim edi. Biz uni sog‘inib qolamiz, lekin hali yana uchrashamiz. U haqidagi xotira yuragimda abadiy qoladi. Robert, seni yaxshi ko‘raman. Oxirating obod bo‘lsin», - deya bayon qildi Prezident Tramp.

Robert Tramp akasining ko‘chmas mulk biznesida ishlagan. 2016 yilda «The New York Post» nashriga bergan intervyusida Trampning prezidentlikka saylanishini “ming foiz“ qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

Prezident Tramp ukasini «menga nisbatan og‘ir-bosiqroq va yumshoqroq» deb ta’riflagan. 74 yoshli prezident bolalikda ukasini ko‘p urushganini eslaydi.

«Mendaka akasining bo‘lishi oson bo‘lmagan unga, lekin Robert hamma bilan chiqishib ketadigan inson va bu men uchun ham yaxshi, chunki ba’zida qo‘pollik qilib yuboraman», - deb yozgan Tramp 1987 yilda chiqqan «Kelishuv san’ati» kitobida.

Tramplar oilada besh farzand bo‘lgan. Yaqinda prezidentning akasi Fredning qizi Meri Tramp prezident amakisi haqida tanqidiy kitob chop etdi. Meri Tramp unda yozadiki, otasi Fred ko‘p yillar avval o‘lim to‘shagida yotganida amakisi Donald uni biron marta yo‘qlamagan. Fred Tramp alkogolizm bois 1981 yilda 43 yoshida vafot etgan.

Prezident Trampning Marian Tramp Berri va Elizabet Tramp Grau ismli katta opalari bor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан