Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dori vositalari, tibbiy buyum va texnikalarni O‘zbekistondan olib chiqish vaqtincha to‘xtatildi
22.07.2020 16:05,  
51

«Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishiga qarshi kurashishda mamlakatda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar taqchilligining oldini olish, shuningdek fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi (reeksport bojxona rejimi bundan mustasno) 2020 yil 1 oktyabrga qadar vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Bunda, ayrim dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga ruxsat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Agentlikning qo‘shma xulosasi asosida ruxsat beriladi.

Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi koronavirus pandemiyasi hamda sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, dori vositalari va tibbiy buyumlarning eksport qilinishiga bo‘lgan cheklovning muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha, zarur hollarda, asoslantirilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari respublika hududidan dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy olib chiqib ketilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан