Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Do‘stlik bog‘i»dagi zararlangan daraxtlar dron yordamida «davolanmoqda» (foto)
4.09.2020 15:58,  
143

Olimlar fikriga ko‘ra, Toshkentdagi bargli va igna bargli daraxtlarning ko‘p qismi unsimon qurt (muchnistiy chervets - Pseudococcidae) va shahar mo‘ylovdori (gorodskoy usach - Aeolesthes sarta) va boshqa zararkunandalar bilan kasallangan. Unsimon qurt igna bargli, shahar mo‘ylovdori esa bargli daraxtlarni zararlaydi.

2020 yil 29 avgust kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov Toshkent davlat agrar universiteti «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasi akademik ham professorlari bilan uchrashib, mamlakatimizdagi kasallangan daraxtlarni da’volash bo‘yicha hamkorlik loyihasini taqdim etdi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuv yakuni bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi poytaxt bog‘laridagi daraxtlarni da’volash bo‘yicha tadbirlarni tashkil etishga kelishib oldi.

2020 yil 3 sentyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Toshkent davlat agrar universiteti «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasi akademik va professorlari Toshkent shahridagi «Do‘stlik bog‘i» da tajriba tariqasida zararlangan daraxtlarda yuqori haroratga chidamli trixogramma turini (trixogramma – bu o‘simliklarni biologik himoya qilish vositasi hisoblanadi) ko‘paytirish maqsadida ularni maxsus apparatda dron yordamida sepish tadbirini o‘tkazdilar.

«Do‘stlik bog‘i: daraxtlarni da’volash muolajalari o‘tkazildi»

Shuningdek, 2020 yil 21 avgust kuni Qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashi dendrolog, entomolog mutaxassislari hamda Zoologiya instituti, O‘rmon xo‘jaligi instituti, O‘simliklarni muhofaza qilish ilmiy tadqiqot institutlari, Toshkent davlat agrar universiteti yetakchi olimlari ishtirokida «Do‘stlik bog‘i»da (sobiq «Bobur bog‘i») o‘rmon patologik tekshiruvini o‘tkazgan edi. Tekshiruv natijasi bo‘yicha mazkur hududdagi daraxtlarning 20 foizga yaqini 80-100 foizga kasallanganligi aniqlangan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан