Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DSI boshlig‘i o‘rinbosarining o‘limiga sabab bo‘lgan ikki YPX xodimi qamaldi
3.12.2021 20:48,  
359

Shu yilning 10 iyun kuni Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tuman DSI boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Ahmedov Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining zo‘rovonligi tufayli vafot etgani bo‘yicha xabar berilgandi.

3 dekabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudi binosida sudlanuvchilar M.Qo‘chqorov (1987 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan) va Sh. Rahimberdiyev (1990 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Samarqand viloyati IIB YHXB YPXB 4-otryad katta inspektori lavozimida ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tuman sudi raisi I. G‘ulomov raisligida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra M. Qo‘chqorov va Sh. Rahimberdiyev Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) 1-qismi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Sudlanuvchilar 2 yil ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ularning har biriga 2 yil 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlar yuzasidan fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntirildi.

Mazkur hukm ustidan taraflar hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, sudlanuvchilar va jabrlanuvchilar hukm nusxasini olgan kundan e’tiboran shu muddat ichida Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyasiya shikoyati berishi yoki prokuror protest berish huquqiga ega ekanliklari ma’lum qilinadi, deyiladi Oliy sud matbuot kotibi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан