Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DSQ keng jamoatchilikning e’tirozlari hisobga olinishini ma’lum qildi
13.04.2020 13:37,  
522

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisob varaqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgan edi.

Banklar mijozlarning karta pul o‘tkazmalari haqida soliq organlarini xabardor qiladi - DSQ

Loyiha keng jamoatchilik, OAV va blogerlar, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi, senatorlar tomonidan keskin norozilikka sabab bo‘ldi. Xususan, loyihadagi jismoniy shaxslarning bank plastik kartalarini nazorat qilish haqidagi bandni huquqiy asos bo‘lmagani uchun chiqarib tashlash tavsiya qilindi.

Banklar mijozlarning pul o‘tkazmalari haqida doimiy DSQni xabardor qilishi huquqiy asosga ega emas – Savdo sanoat palatasi

Senator Soliq qo‘mitasi va Markaziy bankning qo‘shma qarori loyihasi qayta ishlab chiqilishi lozimligini aytdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi DSQ va Markaziy banki boshqaruvining ushbu qo‘shma qarori loyihasi muhokamasida ishtirok etgan jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“Sizlarning taklif va e’tirozlaringiz mazkur hujjatni takomillashtirishda e’tiborga olinadi“, — DSQ Matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан