Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DSQ malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi
23.05.2020 23:25,  
476

Ommaviy axborot vositalarida Davlat soliq qo‘mitasining ikki xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlaganligi haqida xabar tarqaldi.

Davlat soliq qo‘mitasi mazkur xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi:
 
Unga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi poytaxtning boshqa tumanida joylashgan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida aniqlangan, xabarda keltirilganidek Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati bo‘lim boshlig‘i va uning haydovchisida emas.

DSQ xodimlari infeksiya aniqlangan odam bilan aloqada bo‘lishlari mumkinligini hisobga olib, koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida hozirda butun Markaziy apparat xodimlari COVID19 ga test topshirmoqda.

Ta’kidlash lozimki, DSQda ish jarayoni karantin standartlariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda: 

- qo‘mita binosiga kirganda barcha xodimlar harorati o‘lchanadi; 
- binoning ichida ham, tashqarisida ham muntazam ravishda sanitariya holati ta’minlangan; 
- har bir qavatda antiseptik vositalar mavjud; 
- barcha xodimlar tibbiy niqobda ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat olib bormoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан