Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DSQ soliq tizimi xodimlari daromadlari va aktivlarini majburiy deklaratsiyalashni taklif etmoqda
5.05.2021 21:57,  
79

Davlat soliq qo‘mitasi soliq xizmati xodimlari tomonidan har yili daromadlari va egaligida bo‘lgan aktivlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etish bo‘yicha majburiy talabni belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Loyihada davlat soliq xizmati organlarining barcha xodimlari 2020 yilda olgan daromadlari va egaligida bo‘lgan aktivlari to‘g‘risida 2021 yilning 1 sentyabriga qadar hamda kelgusi yildan boshlab har yili 1 aprelga qadar deklaratsiya taqdim etishi nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuniga davlat soliq xizmati organlarining barcha xodimlari zimmasiga deklaratsiya topshirish talabini yuklash va ushbu talabga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritiladi.

Endilikda davlat soliq xizmati organining har bir xodimi ko‘char va ko‘chmas mulklari, boshqa aktivlari, shuningdek hisobot yilida olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda deklaratsiya taqdim etishi shart bo‘ladi.

Deklaratsiyalarni qayta ishlash natijasida olingan axborotlar shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib, jamoatchilik uchun ochiq holda maxsus ochiq.soliq uz veb-saytiga joylashtirish taklif etilmoqda.

Masalan, ko‘chmas mulk bo‘yicha ob’yektning turi, umumiy maydoni va ob’yektning joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar majburiy ravishda ko‘rsatilishi shart. Avtomobillar haqidagi ma’lumotlarda avtomashina rusumi, modeli va ishlab chiqarilgan yili aks ettiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан