Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dubay haqida ko‘pchilik bilmaydigan 5ta haqiqat (foto+video)
5.12.2019 21:16,  
5829

Ko‘pchilik Dubayni sayyohlik markazi sifatida biladi. Haqiqatdan ham Dubay 2018 yilda eng ko‘p tashrif buyurilgan joylar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. U yerga 16 million kishi tashrif buyurgan.

Dubay, shuningdek, eng ko‘p xaridlar amalga oshiriladigan markazlardan biridir. Mastercard ma’lumotlariga ko‘ra, chetdan kelgan insonlar shaharga bu yil $31 mlrd “tashlab ketgan”. Biroq, Dubay faqatgina shulardan iborat emas.

Quyida bu mo‘’jaz shahar haqida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan faktlar bilan tanishtiramiz:

Bu mamlakat emas

Dubayni ko‘pincha o‘z qonunlariga ega alohida davlat deb o‘ylashadi. Lekin aslida u 1971 yilda Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklarining yettita amirligidan biridir. BAAning eng katta shahri bo‘lgan Dubay, shuningdek, jahonning eng band tranzit xablaridan biri: yiliga 88 million kishi Dubay xalqaro aeroporti orqali parvoz qiladi.

Ilgari dubayliklarning asosiy daromadi marjon topish bo‘lgan

Dubayda neft 1966 yilda topilgan. Unga qadar mahalliy iqtisodiyot dengiz hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan (masalan dengiz tubidan marjon topish, baliq ovlash).

BAAning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) $414 mlrd hamda u 2019 yilda 2.4%ga o‘sishi kutilmoqda. Dubayda kuniga 84.000 barrel uglevodorod xom ashyosi qazib olinadi. Hozirda shaharda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, shu jumladan logistika, moliyaviy xizmatlar, ko‘chmas mulk, qurilish ham rivoj topmoqda.

Makroiqtisodiy barqarorligi hamda innovatsion rivojlanayotgani tufayli BAA xalqaro raqobatbardoshlik indeksida Arab dunyosida birinchi, dunyo bo‘yicha esa 25 o‘rinda turibdi.

Aholining katta qismi 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar

Dubay aholisining 60%ini 35 yoshga to‘lmagan yoshlar tashkil etadi. Shahar texnologik innovatsiyalar rivojlanayotgan markazlardan biridir.

Dubayning innovatsion muvaffaqiyatlari qatoriga UBER tomonidan $3.1 mlrdga sotib olingan Careem transport tarmog‘i ilovasi hamda Arab mamlakatlarida kriptovalyutalar bilan savdo qilish imkonini beruvchi BitOasis platformalarini qo‘shishimiz mumkin.

"Oskar" olgan aktyor Jorj Kluni shu yerda yashaydi

Jahonning bir qator yetakchi OAVlarining Yaqin Sharqdagi bo‘linmalari Dubayda joylashgan. Dubaydagi Media City'da Reuters, BBC, CNN, CNBC, Sony hamda Showtime'lar vakolatxonalari bor.

Yahoo

BAA ko‘plab Gollivud filmlari uchun yaxshi pavilion bo‘lmoqda. Dubayda bir qator Gollivud filmlari, jumladan taniqli aktyor Jorj Kluni ishtirokidagi “Suriyalik” filmi suratga olingan.

Dubay dunyodagi eng baxtli shahar bo‘lishni xohlaydi

Baxtni o‘lchash mumkinmi? Dubayda mumkin, bu ishni Dubay davlat xizmatlari bilan bog‘langan aholi va sayyohlarning kayfiyatiga qarab ishlaydigan raqamli “baxt hisoblagichlari” orqali amalga oshirish mumkin.

Dubaydagi baxt hisoblagichi


Dubay hukumati shaharni dunyodagi eng baxtli shahar qilmoqchi.

2016 yil Dubayda “Baxt vazirligi” tashkil etilgan. Vazirlik hisobotiga ko‘ra, 2016-2018 yillarda BAAda ishchilarning baxtlilik darajasi 24%ga ortgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан