Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dubay va Sharjadan O‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
7.03.2020 15:33,  
317

Joriy yilning 4-5 mart kunlari Dubay shahrida (BAA) ikki tomonlama hamkorlikni va davlatlar o‘rtasida havo qatnovlarini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va BAA aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Transport vazirligiga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi shartnomaviy yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun aviakorxonalarni tayinlash, mazkur yo‘nalishlarda parvozlar chastotasi miqdorini belgilash, yangi yo‘nalishlarni ochish va Qarshi, Termiz, Nukus va Buxoro aeroportlarida joriy etilgan “Ochiq osmon” rejimidan foydalanish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi va BAA shaharlari o‘rtasida havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida tomonlar Amirliklarning aviakompaniyalari Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Muzokaralar yakunida ikkala tomon ham davlatlar o‘rtasidagi havo qatnovlarini yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi va tegishli bayonnomani imzoladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан