Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dubay valiahd shahzodasi O‘zbekistonda yana ov qildi (foto, video)
17.10.2019 12:02,  
2993

Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum boshchiligidagi delegatsiya 13 oktyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Martabali mehmon lochin bilan ov qilish maqsadida Navoiy shahriga uchib keldi. Bu shahzoda uchun an’ana bo‘lib qolgan va u har yili O‘zbekistonga shu maqsadda keladi.

Shahzoda Hamdan boshchiligidagi delegatsiya lochinlar bilan shu hududda tuvaloqlarni ovladi va bu haqdagi videolavhani Twitter sahifasiga joyladi.

Dubayning valiahd shahzodasi o‘zbekistonlik do‘stlari bilan. @groupfazza

Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida 300 gektar yer maydonni egallagan «Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi» (AYTAM) joylashgan.

Markaz BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum tashabbusi bilan 2008 yil aprel oyida tashkil etilgan.

AYTAM faoliyatining asosiy maqsadi — O‘zbekistonda Osiyo yo‘rg‘a tuvalog‘ining barqaror populyasiyasini qo‘llab-quvvatlash, ularni ko‘paytirish, asrash, hamda har yili qushlarni yovvoyi tabiiy muhitga qo‘yib yuborish kabi tadbirlar majmuasidan iborat.

Qushlarni yovvoyi tabiatga uchirish mavsumi asosan sentyabr—oktyabr oylari hisoblanadi. 2012 yildan shu vaqtga qadar markaz tomonidan tabiatga 10 mingga yaqin yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga uchirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан