Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Dubinka” – tenglik uchun kurashning shaksiz hamrohi
3.11.2020 18:36,  
664

“Dubinka” bu – hurriyat, erkinlik, tenglik yo‘lida qilinadigan har qanday harakatning zaruriy hamrohi, unsuri. Ya’ni, ona zaminida demokratik tamoyillar qaror topishini istagan va bunga uringan jamiyat bu yo‘lda qarshiliklarga duch kelishiga va albatta turli xil “dubinka”lar boshiga (va boshqa a’zolariga) tushishiga tayyor bo‘lishi kerak. Nega?
Chunki ko‘pchilik bilan hisoblashmasdan, o‘sha ko‘pchilikning mulkiga tuzilgan va bu mulkni o‘zi bilganicha tasarruf etishga, qonunlarni esa xohlaganda o‘z manfaatiga “ishlatishga” o‘rgangan, faoliyati shaffoflikdan yiroq bo‘lgan idora-yu tizimlar bunaqa alohida “imtiyozli” mavqedan osonlikcha voz kechmaydi. Ammo bu hammasi emas. Nafaqat idora-yu tizimlar, balki “o‘shandaqa” uslubda ishlash... yo‘q, nimasini aytamiz – yashashga o‘rgangan oddiy xodimlar ham egar tugul – otdan tushgisi kelmaydi va oddiy odamlarga nisbatan “dubinka”si tayyor turadi.  
Gap ko‘pchilikning haq-huquqlarini cheklash vositasida mablag‘, nufuz hamda hukmron bo‘lishdek lazzatli narsalar haqida ketayotgan ekan, tenglik yo‘li qiyinchiliklarga to‘la bo‘ladi doim – demokratik tamoyillarga uringan jamoatchilikka qarshi qo‘lda mavjud bo‘lgan turfa “dubinka”lar tap tortmasdan ishlatiladi, albatta. Va bunda “gap qaytarishingiz”ning o‘zi, “yo‘q” deyishingizning o‘zi yetarli bo‘ladi.
“Dubinka”lar sizning manfaatingizni qo‘riqlash uchun sizning pulingizga olingani bunda e’tiborga olinmaydi.
E’tiborlisi, hattoki, davlat miqyosida siyosat o‘zgarib, inson huquqlari ustivor deb e’lon qilinsa ham, xalqaro me’yorlarga amal qilish baralla aytilayotgan bo‘lsa hamki, “dubinka”lar ishlab ketaveradi. 
Davlat rahbarining kuyib-pishib, jon kuydirib xalqaro minbarlardan so‘zlagan nutqlari, qilgan bayonotlari, yaxshi niyat ila imzo chekilgan memorandumlar – bularning bu toifaga  qizig‘i yo‘q. Chamasi, ular hatto bu bayonotlarning mohiyati haqda o‘ylab ko‘rmaydi.  
“Dubinka” bu – hurriyat, erkinlik, tenglik yo‘lida qilinadigan har qanday harakatning zaruriy hamrohi, unsuri. Jamiyat bu haqiqatni qabul qilmog‘i, busiz yorqin kelajakka yetishib bo‘lmasligini anglamog‘i,bu yo‘lda yurt rahbari bilan birgalikda urinmog‘i lozim.  

Muhammad Shakur, bloger

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан