Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyo baxt indeksida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
17.08.2020 19:03,  
631

2020 yildagi World Happiness Report hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston eng baxtli davlatlar orasida 38-o‘rinni egalladi. Hisobotda jami 153 mamlakat ishtirok etdi

Shuningdek, O‘zbekiston Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Undan keyin Litva (41-o‘rin), Qozog‘iston (50-o‘rin), Estoniya (51-o‘rin), Latviya (57-o‘rin), Moldova (70-o‘rin), Tojikiston (71) Rossiya (73-o‘rin), Qirg‘iziston (74-o‘rin), Belarus (75-o‘rin), Ozarbayjon (89-o‘rin), Turkmaniston (95-o‘rin) va Armaniston (116-o‘rin), Gruziya (117-o‘rin) va Ukraina (123-o‘rin) turibdi. 

Jahon baxt darajasi reytingi dunyo aholisining baxtlilik ko‘rsatgichini aniqlaydigan xalqaro tadqiqot loyihasidir. Uni yaratishda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning darajasi, umr ko‘rish davomiyligi, fuqarolik erkinliklari, xavfsizlik va ertangi kunga ishonch, oilaviy barqarorlik, bandlik kafolatlari, korrupsiya, shuningdek, jamiyatning ishonchliligi, saxiyligi, saxiyligi kabi bilvosita xususiyatlari hisobga olinadi. 

Bu yil ham dunyoning eng baxt mamlakati sifatida Finlandiya e’tirof etildi. Birinchi o‘ntalikka: Daniya, Shveysariya, Islandiya, Norvegiya, Gollandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstriya va Lyuksemburg kiradi. Eng baxtsiz kishilar esa Zimbabve, Janubiy Sudan va Afg‘onistonda yashashi aniqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан