Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyo bo‘ylab bir yarim milliarddan ortiq inson karantinda
25.03.2020 00:47,  
179

Koronavirus pandemiyasi tufayli jahon aholisining 20%i yoki 1,7 milliarddan ortiq inson karantinda o‘tiribdi. Bu virus keltirib chiqargan kasallikka shu paytgacha qariyb 415 000 kishi chalinib ulgurdi, ulardan 18 500 dan ortig‘i vafot etdi, 108 200 dan ortig‘i esa tuzalib ketdi

Pandemiya sayyoraning jonli hayotini butunlay o‘zgartiryapti: harakatlar to‘xtayapti, maktab va universitetlar yopilyapti, millionlab kishilar uyidan turib ishlashga majbur bo‘lyapti. 

Ijtimoiy yakallanish – izolyasiya va karantin qanday o‘tyapti? Quyidagi suratlarda bunga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Italiya poytaxti Rimdagi Ponte Milvio tumanida yugarib mashq qilayotgan kishi. Italiya koronavirusdan eng og‘ir zarbaga uchragan mamlakatga aylandi: bu yerda shu vaqtgacha SARS CoV-2 virusi keltirib chiqargan COVID-19 kasaliga chalinganlar soni 69 176 kishiga yetgan, ulardan 6 820 kishi vafot etib, 8 326 kishi tuzalib ketgan. Kasallikdan o‘lim soni bo‘yicha Italiya dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.

Niqob taqqan ayol Buyuk Britaniya poytaxti Londondagi yopilgani pivoxonalardan biri oldida turibdi. Seshanba kuni tun yarmidan Britaniya ham karantin uchun yopildi, ko‘chaga chiqish borasida qat’iy choralar o‘rnatildi. 

Iordaniya poytaxti Ammondagi mehmonxonalardan birining ayvonida turgan odamlar. Iordan hukumati koronavirusga qarshi kurash doirasida mamlakatda komendantlik soatini joriy qilgan

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi aeroportda o‘z parvozini kutib dam olayotgan yo‘lovchi. So‘nggi kunlarda qator parvozlar bekor qilinishi ortidan yeo‘plab yo‘lovchilar aeroportlarda qolib ketdi.

Livan poytaxti Bayrutga yaqin Junayya shahrida karantinda o‘tirgan oila dron orqali atirgulga buyurtma berdi. 

Niqob taqqan kishi Hongkongning markaziy tumanidagi ko‘chada yurib ketyapti. Bu shahar-davlat hukumati ko‘rgan choralar natijasida Hongkongda koronavirus tarqalishi nazorat ostiga olindi. 

Hongkongning markaziy tumanidagi yo‘ldan o‘tayotgan niqobli piyodalar. 

Gul ko‘targan ayol Ispaniya shimolida joylashgan Burgos shahridagi Burgos kasalxonasidan chiqayotgan tibbiyot xodimini tabriklab, unga minnatdorchilik bildirmoqda. Ispaniya Yevropada Italiyadan keyin koronavirusdan eng katta zararlangan davlat bo‘lib turibdi. Bugungacha 39 676 kishi kasallangan, ulardan 2 800 nafari vafot etgan, 3 794 kishi esa tuzalib ketgan. Kasallikka chalinganlarning salmoqli qismini bemorlarga qarash jarayonida uni yuqtirib olgan tibbiyot xodimlari tashkil qiladi. 

Ispaniya shimolidagi Burgos shahrida joylashgan Burgos kasalxonasiga yana bir bemor olib kelinyapti. 

XVII asrda vaboga qarshi kurashgan shifokorlar kiyimini kiyib olgan kishi Lids shahridagi maydonlardan birida suratga tushyapti. 

Hindistonning Mumbay shahri aeroportiga xorijdan uchib kelgan kishining qo‘liga o‘chmaydigan siyoh bilan uyda karantin o‘tirish muddati muhrlab berilgan. Hindistonda kecha, seshanba kunidan boshlab 3 haftalik umummilliy karantin e’lon qilindi, barcha aholiga zaruriy holatlardan tashqari ko‘chaga chiqmaslik buyurildi.

AQShning Florida shtati Mayami shahri qirg‘og‘idagi plyaj. Mamlakatda koronavirus pandemiyasi avjiga chiqar ekan, barcha ko‘ngilochar maskanlar qatori dengiz sohillari ham foydalanishdan to‘xtatilib, yopib qo‘yildi. 

Nyu-York shtatining Skotia tumanida yarim harbiylashgan tibbiyot xodimlari mashina haydovchilari va yo‘lovchilarini mashinadan tushirmay koronavirusga qarshi tekshira boshladi. AQShda SARS CoV-2  virusi bilan zararlanish tezlashib ketdi. Shu paytgacha mamlakatda 50 860 kishi kasallangan, ulardan 653 nafari vafot etib, 368 kishi tuzalib ketgan. 

Qariyb 6 yildan beri fuqarolik urushi tinmaydigan Yamanda qurollangan yigit niqob taqib yuribdi. Yamanda koronavirus tarqalishiga qarshi ehtiyot choralari ko‘rilyapti. Biroq mamlakatda hali bu kasallikka chalinganlar qayd etilmagan. 

Hokimiyatning mas’ul xodimi Iordaniya poytaxti Ammondagi dorixonalardan birini dezinfeksiyadan o‘tkazyapti. 

Bosniya va Gersegovina poytaxti Sarayevoda odatda odamlar bilan gavjum bo‘ladigan maydon bugun hvillab qolgan, faqat qushlar uchib yuribdi. Yevropadagi ko‘plab mamlakatlar koronavirus xavfi tufayli o‘zaro chegaralarni, maktablar va jamoat joylarini yopgan, yirik sport musobaqalari va ko‘ngilochar tadbirlarni bekor qilgan.

Afrika markazidagi Kongo Demokratik Respublikasi sharqida koronavirus o‘chog‘iga aylangan Goma shahrida politsiyachilar niqob taqqan holda qorovullik qilmoqda.

Hindistonning Jammu shahridagi bozorlardan birida sabzavot sotuvchi kishi. Hozirda mamlakatda dorixona va baqqollik do‘konlaridan tashqari barcha savdo nuqtalari koronavirus sababli yopilgan. 

Kongo Demokratik Respublikasidan Burundiga kiraverishda joylashgan Gatumba qishlog‘ida tibbiyot xodimi chegaradan o‘tuvchilarni koronavirusga qarshi tekshiruvdan o‘tkazyapti. 

Eronlik sog‘liqni saqlash noziri Tehron shimoli-sharqidagi Iran Mall savdo markazi ichida tashkil etilgan ko‘chma kasalxonani ko‘zdan kechiryapti. Eronda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra hozirgacha 24 811 kishi koronavirus bilan kasallangan, ulardan 1 934 kishi vafot etgan, 8 913 kishi tuzalib ketgan. Ammo bu raqamlarning haqqoniyligi shubha ostiga olinadi. 

Kuba poytaxti Gavanadagi qirg‘oqbo‘yi ko‘chasida sotuvchi yigit niqob taqqan holda mijozlarni kutmoqda. Tashqi dunyodan deyarli uzilgan “ozodli oroli”da shu paytgacha 48 kishi Covid-19 kasalligiga chalingan, ulardan 1 nafari vafot etgan. 

Argentina poytaxti Buenos-Ayresda to‘liq himoya liboslarini kiyib olgan tibbiyot xodimlari. Bu mamlakatda 301 kishi koronavirusga chalingani rasman tasdiqlangan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан