Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyo bo‘ylab Facebook va Instagram’da yana uzilishlar qayd etildi
9.10.2021 13:21,  
24

Downdetector servisida 8 oktyabr kuni kechqurun Facebook, Instagram va WhatsApp foydalanuvchilaridan tushayotgan shikoyatlar soni keskin ortdi. Facebook foydalanuvchilarining ko‘pchiligi sayt yoki dastur bilan bog‘liq muammolar, yana bir qismi esa tizimga kirishdagi qiyinchiliklar haqida shikoyat qilgan.

Facebook ma’lum qilishicha, kompaniya bir qator foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoq bilan bog‘liq muammolarga duch kelganidan xabardor. «Biz hammasini imkon qadar tezroq normal holatga qaytarish uchun ishlayapmiz, noqulayliklar uchun esa uzr so‘raymiz», — deya qo‘shimcha qildi kompaniya.

Instagram foydalanuvchilari serverga ulanishda muammolar borligini, WhatsApp mijozlari esa xabar yuborishda qiyinchiliklar borligini aytgan. Ularning barchasi dasturlardagi uzilishlardan shikoyat qilgan.

Dasturdagi uzilishlar butun dunyoda qayd etildi, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Braziliyadan hisobotlar berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан