Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 13 millionga yetdi
14.07.2020 13:44,  
90

Butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusiga oid statistik ma’lumotlarni real vaqt rejimida berib boradigan Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 13 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. 9 iyulda bu ko‘rsatkich 12 milliondan va 4 iyulda 11 milliondan oshdi. Pandemiya boshlangandan beri taxminan 571 ming kishi vafot etgan.

Infeksiyalanganlar soni bo‘yicha yetakchilar:

  • AQSh - 3,35 million;
  • Braziliya - 1,86 million;
  • Hindiston - 878 ming;
  • Rossiya - 733 ming;
  • Peru - 330 ming. 

Koronavirusdan o‘lim soni bo‘yicha AQSh (135,5 ming), Braziliya (72,1 ming), Buyuk Britaniya (44,9 ming), Meksika (35 ming) va Italiya (34,97 ming) yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yaqinda dunyoda kuniga bir necha marta bu kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha antirekord qayd etdi. Shunga qaramay, tobora ko‘proq davlatlar karantin cheklovlaridan voz kechmoqda.

14 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13872 nafarni tashkil etmoqda. Shu vaqtga qadar 64 kishi vafot etdi. 8030 nafar bemor davolangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан