Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 14 millionga yetdi
18.07.2020 10:21,  
106

Butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusiga oid statistik ma’lumotlarni real vaqt rejimida berib boradigan Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 14 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. 14 iyulda bu ko‘rsatkich 13 milliondan, 9 iyulda 12 milliondan va 4 iyulda 11 milliondan oshdi. Pandemiya boshlangandan beri 600 665 kishi vafot etgan.

Infeksiyalanganlar soni bo‘yicha yetakchilar:

  • AQSh - 3,63 million;
  • Braziliya - 2,04 million;
  • Hindiston - 1 million;
  • Rossiya - 759 ming;
  • Peru - 345 ming. 

Koronavirusdan o‘lim soni bo‘yicha AQSh (139,3 ming), Braziliya (77,8 ming), Buyuk Britaniya (45,3 ming), Meksika (38,3 ming) va Italiya (35 ming) yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yaqinda dunyoda kuniga bir necha marta bu kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha antirekord qayd etdi. Shunga qaramay, tobora ko‘proq davlatlar karantin cheklovlaridan voz kechmoqda.

18 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15896 nafarni tashkil etmoqda. Shu vaqtga qadar 80 kishining vafot etgani rasman tasdiqlandi. 9003 nafar bemor davolangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан