Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyo poytaxtlaridan o‘rtacha oylik maosh bilan qancha muddatda uy sotib olish mumkin?
11.06.2019 11:23,  
579

Ad.me ijodiy portali tomonidan o‘rtacha oylik maoshi bilan kun ko‘radigan ayrim davlatlar aholisining poytaxtdan taxminan qancha muddat ichida uy sotib olish imkoniyatiga egaligi hisoblab chiqildi

Buyuk Britaniyada joriy holatga ko‘ra, o‘rtacha oylik maosh 3 400 AQSh dollari bo‘lib, mamlakat poytaxti Londondan bir xonali uy sotib olish istagida bo‘lgan fuqaro “atigi” 18 yil deganda o‘z orzusiga yetar ekan. 

Uy narxi esa: 650 ming AQSh dollari atrofida.

Xitoy poytaxti Pekinda o‘rtacha oylik maosh 1000 AQSh dollarini tashkil etgan mamlakatda poytaxtdan uy sotib olish uchun 17,5 yil oylik maoshini jamg‘arish talab etiladi. Bir xonali uy narxi esa 280 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Yaponiya poytaxtidan o‘z uyiga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan fuqaro 13 yil ter to‘kib, o‘rtacha 3 200 AQSh dollari miqdorida oylik maosh olib tursa, ajab emas, narxi 450 000 AQSh dollariga teng uy sotib olsa...

Rossiya poytaxtida o‘rtacha oylik maoshi, ya’ni 800 AQSh dollari daromadiga ega fuqaro 120 000 AQSh dollarini to‘play olsa, poytaxtdan bir xonali uy sotib olishi mumkin. Bu pulni to‘plash uchun esa 12,5 yil sabr qilishiga to‘g‘ri keladi. 

AQSh poytaxti Nyu-York ham Moskvadan yarim yil farq qiladi. Ya’ni o‘rtacha 4 700 AQSh dollari miqdorida oylik maoshga ega bo‘lgan fuqaro ushbu hududdan 12 yil deganda 500 000 AQSh dollari narxiga teng uyni sotib olishi mumkin ekan. 

Italiyada fuqarolarning o‘rtacha oylik maoshi 2 600 AQSh dollari miqdorida bo‘lib, bunday oylik maosh bilan 11 yil deganda 250 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan bir xonali uyni sotib olishi mumkin. 

Joriy davrga ko‘ra, Gretsiyada o‘rtacha oylik maosh 800 AQSh dollari bo‘lib, ushbu oylikdan 9 yil jamg‘arib, poytaxt Afinadan 90 000 AQSh dollari miqdoridagi bir xonali uy sotib olishi mumkin. 

Qo‘shni davlat – Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultondan uy sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro o‘rtacha oylik maoshga, ya’ni, 440 AQSh dollari miqdordagi oylik tushum bilan 7,5 yil ter to‘kib ishlasa, 42 000 AQSh dollari miqdoridagi uyga ega bo‘ladi. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ba’zi mamlakatlarda o‘rtacha oylik maoshi bilan kun kechiradigan aholi uchun uy-joy sotib olish jarayoni jiddiy muammo hisoblanmaydi. 

2019 yil holatiga ko‘ra, mamlakatda o‘rtacha oylik maoshi 1 500 AQSh dollari bo‘lgan Ispaniya poytaxti Madriddan 130 ming dollar qiymatdagi uyni 7 yilda, oylik maoshi 2 200 AQSh dollari bo‘lgan Germaniya aholisi poytaxt shahar Berlindan 150 ming AQSh dollari qiymatidagi uyni 5 yilda, o‘rtacha oylik maoshi 3 700 AQSh dollari bo‘lgan Abu-Dabi shahri aholisi 145 ming AQSh dollari bahosidagi bir xonali uyni 3 yilda sotib olishi mumkin.

Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida joriy davrdagi o‘rtacha oylik maosh 1 300 AQSh dollari, shahar markazidagi 1 xonali uy 38 ming AQSh dollari deb hisoblanib, hudud aholisi ushbu oylik maosh bilan 2 yarim yilda turar-joy sotib olish imkoniyatiga ega.

Mazkur taxminiy hisob-kitob poytaxtdan 50 kvadrat/metr hajmdagi bir xonali uy sotib olish uchun oylik maoshning soliq to‘lovlaridan ortib qolgan qismi jamg‘arib borilishi hisobiga Ad.me ijodiy portali​ tomonidan tuzib chiqilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан