Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyo vaksinasi yo‘q pandemiya xavfidan ogohlantirilmoqda
19.06.2021 09:33,  
574

Agar mamlakatlar iqlim bo‘yicha yuzaga kelgan favqulodda holatni hal qilish uchun o‘z vaqtida chora ko‘rmasa, ko‘zga ko‘rinmaydigan global muammolardan bo‘lgan qurg‘oqchilik navbatdagi pandemiyaga aylanishi mumkin. BMT saytida e’lon qilingan ma’ruzada shu haqda aytilmoqda.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, XXI asrda kamida bir yarim milliard kishi qurg‘oqchilikdan jabr ko‘rgan, iqtisodiy zarar esa 124 milliard  dollarga baholanmoqda. Ekspertlarning fikricha, zararning aniq miqdori ushbu raqamdan bir necha barobarga ko‘p, chunki keltirilgan ma’lumotlar rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘rgan zararini aniq ifoda etmaydi.

"Qurg‘oqchilik hademay navbatdagi pandemiyaga aylanadi va unga qarshi vaksina yo‘q. Yaqin bir necha yilda dunyoning katta qismi suv tanqisligi sharoitida yashashga majbur bo‘ladi", – dedi BMTning falokatlar xavfining oldini olish bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, bosh kotibning maxsus vakili  Mami Midzutori.

Ko‘pchillik odamlar o‘ylaydiki, qurg‘oqchilik faqat Afrikaning dashtlarini egallaydi, deb, biroq ayni damda bu tobora keng tarqalayotgan hodisadir, asr so‘nggida qariyb barcha mamlakatlar ushbu muammoga u yoki bu ko‘rinishda duch keladi, dedi u.

Ma’ruzada aytilishicha, aholining ko‘payishi ham mazkur jarayonning tezlashuviga sabab bo‘ladi.

"Odamlar 5000 yil mobaynida qurg‘oqchilik sharoitida yashadi, biroq biz hozir umuman boshqa manzaraga guvoh bo‘lmoqdamiz", – deya ta’kidlanadi BMT ma’ruzasida.

Xabarda qayd etilishicha, iqlim isishi natijasida yog‘ingarchiliklarning o‘zgarishi qurg‘oqchilikning kelib chiqishiga muhim sabab bo‘ladi, lekin suv zaxiralaridan samarasiz foydalanish va qishloq-xo‘jalik faoliyatining to‘xtovsiz davom etishi ham  qurg‘oqchilikning kuchayishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan Midzutori dunyo yetakchilarini suv olish, uni saqlash va foydalanish hamda yerni boshqarish usullarini isloh qilishga chaqirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан