Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy go‘shtni sotishga ruxsat berildi
2.12.2020 17:23,  
923

Singapur hukumati dunyoda birinchi bo‘lib mamlakatda laboratoriya sharoitida ishlab chiqarilgan tovuq go‘shtini sotishga ruxsat berdi. Bu haqda bugun, 2 dekabr kuni Respublika oziq-ovqat agentligi ma’lum qildi.

«Qabul qilingan takliflar baholangach hamda ularning xavfsizligi aniqlangach, Amerikaning «Eat Just» kompaniyasi yetishtirgan tovuq go‘shtini Singapurda sotishga ruxsat berishga qaror qilindi», — deyiladi hujjatda.

Shu bilan birga, tashkilot rahbari Tan Li Kimning so‘zlariga ko‘ra, «xodimlar mahsulot xavfsizligini baholashni davom ettirishadi, ekspertlar bilan yana maslahatlashishadi, shuningdek, bevosita bozorga kirib keladigan yangi mahsulotlar kuzatib boriladi».

«Eat Just» vakillari bunday go‘sht «tarkibidagi mikroblar nuqtai nazaridan ancha toza ekanligiga» ishonchlari komil.

«O‘tkazilgan tahlillar sun’iy go‘sht tarkibida ko‘p miqdorda oqsil, turli aminokislotalar, foydali yog‘ va minerallar borligini ko‘rsatmoqda», — deya ta’kidlashdi kompaniya xodimlari.

Singapurda sotuvga chiqariladigan sun’iy go‘shtdan tayyorlangan birinchi mahsulot qovurilgan tovuq go‘shti bo‘lishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан