Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyoda ilk bor sof oltindan ishlangan bank kartasi chiqariladi
12.10.2019 11:43,  
274

Buyuk Britaniya Qirollik zarbxonasi toza oltindan ishlangan birinchi to‘lov kartasini chiqardi. Bu haqda Daily mail xabar bermoqda.

18 karatli oltindan yasalgan debet karta «yuqori sifatli hashamatni qadrlaydigan» mijozlarga mo‘ljallangan. Ushbu karta egasi bo‘lishni istagan inson «bor-yo‘g‘i» 18,750 £ (223.5 million so‘m) to‘lashi kerak. Agar individual dizaynli karta kerak bo‘lsa, qo‘shimcha to‘lov qilinishi kerak.

Kartalar Mastercard hamda Accomplish finance to‘lov texnologiyasi ishlab chiqadigan firma tomonidan ishlab chiqilgan.

Raris deb nomlanadigan yangi kartada valyuta konvertatsiya yoki har qanday tranzaksiya uchun komission to‘lovlar olinmaydi.

Avvalroq, BAAda ilk bora oltin bilan ta’minlangan kriptovalyuta chiqarilishi haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан