Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 700 mingdan oshdi

Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 700 mingdan oshdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 700 mingdan oshdi. Koronavirusga doir statistikani real vaqt rejimida yuritadigan Jon Xopkins universiteti ma’lumotlari bundan darak bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, eng ko‘p o‘lim holatlari AQSh (156,8 ming), Braziliya (95,8 ming), Meksika (48,8 ming), Buyuk Britaniya (46,3 ming) va Hindiston (39,8 ming) da qayd etilgan. 

5 avgust 10:00 (tshv) holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 18,5 milliondan ortiq odam virusni yuqtirgan.

COVID-19 aniqlanish holatlari bo‘yicha quyidagi davlatlar yetakchilik qilishmoqda:

  • AQSh - 4,8 mln;
  • Braziliya - 2,8 mln;
  • Hindiston - 1,9 mln;
  • Rossiya - 859 ming;
  • JAR - 521 ming.