Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 120 mln kishidan oshdi
14.03.2021 21:33,  
107

Dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon 120 milliondan ortiq kishi COVID-19 infeksiyasini yuqtirib oldi. «Worldometer» saytidagi so‘nggi yangilanishlar shundan dalolat bermoqda.Toshkent vaqti bilan 14 mart, yakshanba kuni soat 13:31 holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 120 088 718 kishiga yetgan. Bemorlarning 2 660 363 nafari vafot etgan, 96 613 315 nafari esa sog‘aygan. Ayni paytda dunyo bo‘ylab o‘lim darajasi 3 foizni tashkil etmoqda.

AQSh dunyoda koronavirus bilan zararlanish bo‘yicha birinchi o‘rinda bormoqda. Mamlakatda 30 043 662 kishi virus yuqtirgan. Shuningdek, Braziliya 11 439 250 nafar bemor bilan ikkinchi, Hindiston 11 359 048 (+404) bemor bilan uchinchi o‘rinda turibdi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2021 yil 13 mart holatiga ko‘ra, 80 567 (+86)  nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlari hudular kesimidagi ko‘rsatkichi:

  • 3 nafari Andijon viloyatida;
  • 1 nafari Jizzax viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 4 nafari Toshkent viloyatida;
  • 77 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 703 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан