Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 30 millionga yetdi
18.09.2020 11:22,  
59

Dunyoda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan insonlar soni 30 millionga yetdi. Koronavirusga doir statistikani real vaqt rejimida berib boruvchi Jons Xopkins universiteti ma’lumotlari bundan darak bermoqda. Koronavirusga chalinganlar soni 14 sentyabrdan buyon yana bir millionga ko‘paydi.

Koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha yetakchilar:

  • AQSh – 6,7 mln;
  • Hindiston – 5,1 mln;
  • Braziliya – 4,4 mln;
  • Rossiya – 1,1 mln;
  • Peru – 744 ming.

Eng ko‘p AQSh (198 ming), Braziliya (134 ming), Hindiston (83 ming), Meksika (72 ming) hamda Buyuk Britaniya (42 ming) fuqarolari vafot etgan. O‘zbekiston (415) bu ro‘yxatda 73 o‘rinda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida koronavirus aniqlanishi va o‘limi statistikasi:

  • Qozog‘iston – 107 134 (1671 kishi vafot etgan);
  • O‘zbekiston – 49 994 (415);
  • Qirg‘iston – 45 244 (1063);
  • Afg‘oniston – 38 872 (1436);
  • Tojikiston – 9 214 (73).
  • Turkmaniston – rasman 0.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) sentyabr oyida bir necha marotaba kuniga koronavirus bilan kasallanganlar sonining ko‘payganligini qayd etdi. Avstriya va Chexiya allaqachon ikkinchi to‘lqin boshlanganligini e’lon qilishdi. Isroil qattiq karantin cheklovlariga qaytgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан