Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyoda qancha neft qolgan va u qachon tugaydi?
14.10.2019 20:26,  
1732

​IHS Markit tahlillariga muvofiq, dunyoda yangi an’anaviy neft konlarini o‘rganish 70 yil ilgarigi ko‘rsatkichlargacha tushdi. Huddi shu zamon, Amerikaning slanets qazilmasining o‘sish sur’atlari birinchi yarimyillikda ramziy 1% gacha qisqardi. Bu 2018 yilgi huddi shunday muddatlar bilan solishtirganda 7 baravar kam.

Tadqiqotlarga ko‘ra yaqin yillarda qora oltin qazilmasi o‘z rentabelligini yo‘qotadi va butun insoniyat energiyaning muqobil manbalariga diqqatini qaratishga majbur bo‘ladi.

Dastlabki hisobotlar

Britaniyalik BP Statistical Review of World Energyning yillik hisobotlariga ko‘ra, joriy yil boshiga kelib dunyoda neftning o‘rganilgan umumiy hajmi 1,7 trillion barrelga tenglashadi. Qora oltinning eng yirik zahiralari Venesuelada bo‘lib, ular 303 mlrd barrelni tashkil etadi. Saudiya Arabistoni 297 mlrd barrel bilan bu navbatda bir oz orqada qoladi. Keyingi o‘rinlarda – Kanada (167 mlrd), Eron (155 mlrd), Iroq (147 mlrd) va Rossiya (109 mlrd). Shu orada AQShning qora oltin zahiralari ancha past ko‘rstakichga egaligi (61 mlrd barrel) qayd etilgan

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yilning o‘zidayoq jahon bozori neft tanqisligi bilan yuzlashdi. Yer ostidan kuniga 94,7 mlrd barrelni qazib chiqarish orqali butun dunyoda neft 5,5 %ga ko‘proq (99,8 million) yoqib yubormoqda. Bu OPEK mamlakatlarining maqbul narx-navolarni saqlab qolish uchun qazilmalarini sun’iy qisqartirishni boshlagani bilan bog‘liq.

Bu kabi ko‘rsatkichlar davom etishi bilan neft butun insoniyatga yana 50 yilga yetadi. Ammo muammo shundaki, aniq o‘rganib tasdiqlangan zahiralar hech narsaga kafil bo‘la olmaydi, chunki qazilmalar har doim ham harajatlarni oqlamaydi. Joriy yil oktyabr boshidagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Rossiya yer osti zahiralari inventarizatsiya qilinib, mavjud mahalliy neft konlarining 67%i daromadli deb topildi. Neftning taxminan uchdan bir qismi ularni ishlab chiqilishiga ketadigan harajatlarni oqlamayotganligi ham tahlil hisobotida qayd etiladi.

Xitoyda ham shunga o‘xshash holat kuzatiladi. Bir hafta ilgari PetroChina (Xitoy milliy neft va gaz korporatsiyasi - CNPCning sho‘’ba korxonasi) mamlakat shimoli-g‘arbida joylashgan Sichuan chuqurida uglevodorodlarning ulkan zahiralarini aniqladi. Xususan, u yerda 358 million tonna neft (2,6 milliard barrel) va 740 milliard kubometr slanets gazi topildi.

Ammo ekspertlar bu zahiralar yer qar’idan tashqariga chiqishiga shubha bildirmoqda. Ularning qazib chiqarilishi nafaqat transportirovka uchun quriladigan infrastrukturaga, shu bilan birga yoqilg‘ini qayta ishlashga va qazib olish texnologiyalariga sarflanadigan kattadan-katta sarmoyalarni talab qiladi. Zahiralarning asosiy qatlamlari 3,5 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Gidroyorilishga (suv nasoslar orqali quduqlarga quyilib, u bosim ostida qatlamlarni yorib chiqaradi va yoqilg‘ining tashqariga chiqishiga olib keladi) o‘xshagan usullar bunday chuqurlikda samarasiz bo‘libgina qolmay, halokatli yer silkinishlariga ham olib kelishi mumkin. Ushbu ma’noda XXR uchun neft, truboprovod gazi va quyiltirilgan tabiiy gazni import qilish arzonga tushadi hamda bu xavfsizroq deb ham topiladi.

Slanets barchadan bardoshlimi?

IHS Markit tahlilchilarining hisobotiga qaraganda, 2014 yilda neft narxlarining tushishi neft va gaz sohasi investorlari an’anaviy loyihalarga emas, balki slanets neftni qazib chiqarishdagi istiqbolli texnologiyalarga mablag‘ ajratishni afzal ko‘rdilar.

Slanets konlarida qazilma ishlarini olib borish chuqur suv ostida olib boriladigan qazilma ishlaridan kamroq vaqt talab qiladi va pirovardida, investitsiyalarning qoplanishini tezroq ta’minlaydi.

Shunday bo‘lishiga qaramasdan, AQSh sanoati statistik ma’lumotlariga ko‘ra, slanets nefti faqatgina vaqtincha yechim bo‘lib chiqdi. Joriy yilning birinchi yarimyilligida o‘tgan 2018 yilgi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda, mamlakatda yer ostidan bor-yo‘g‘i 1% ga ko‘proq neft qazib chiqarildi, vaholanki undan oldingi 2017 yilda o‘sish 7%ga teng edi.

Bunday holat asosiy konlarning tugallanganidan dalolat beradi. Avgustning o‘zidayoq, Wood Mackenzie tahlilchilari AQShning slanetsga boy mintaqasi – Perm basseynida (Permian basin) qazib chiqarilayotgan neftning tarkibida suv hajmlari sezilarli darajada ko‘tarilayotganiga e’tiborini qaratgandi.

Joriy yilning birinchi yarimyilligida Perm basseynidagi yangi aniqlangan quduqlardan 2018 yilga qaraganda 12% ga, 2017 yil bilan solishtirganda esa 16% ga kamroq slanets qazib chiqarilgan. Bunday sharoitlarda neftchilar yanada ko‘proq quduqlarni qazib chiqarishga majbur bo‘lyapti. Hatto bir barrelning narxi 60 dollarga teng bo‘lgan bir paytda, ya’ni tadbir o‘ta daromadsiz hisoblangan taqdirda ham bu faoliyat to‘xtatilganicha yo‘q. Ekspertlar ta’kidlashicha, agar qora oltin 10 dollarga qimmatlasa ham, AQShda slanets qazib chiqarish kuniga 200 ming barrelga o‘sadi, bu ham o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga qaraganda ancha past.

Natijada, slanets ishlab chiqaruvchilarining va’dalariga qaramasdan, investorlarning harajatlari qoplanganicha yo‘q: so‘nggi 10 yil mobaynida ular daromad ko‘rgan narxdan 200 mlrd AQSh dollardan ziyod mablag‘ sarflaganliklari aniqlandi.

Vaqt oz qoldi

Kamayib borayotgan neft muammosi, tabiiyki, Rossiyada ham o‘tkazilayotgan tahlillar diqqat-e’tiborida. “Agar hech nima qilmasak, salbiy oqibatlar bilan erta yuzlanishimizga to‘g‘ri keladi. 2018 yil ko‘rsatkichlari bo‘yicha 553 million tonna qazib topilgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 570 millionga chiqishi kutilmoqda. Bundan keyin ko‘rsatkichlar asta-sekin pasaya boshlaydi va 2035 yilda qazilmalar 310 milliongacha tushishi mumkin bo‘ladi, ya’ni 234 million tonna - umumiy qazib chiqarish hajmidan salkam 44% yo‘qotiladi”, - deb sentyabr o‘rtasida Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak e’lon qilgandi.

Rossiyaning 2035 yilgacha energetik strategiyasi loyihasida vazirlik vakillari tomonidan 2030 yilga kelib, qora oltinga bo‘lgan ehtiyoj butun dunyo bo‘ylab tusha boshlaydi, deya prognoz qilgan. Xalqaro energetika agentligida ham huddi shunday g‘oya qo‘llab-quvvatlanmoqda. Agentlik ekspertlarining fikricha, butun dunyo bo‘ylab neftga bo‘lgan ehtiyoj o‘z cho‘qqisiga 2025 yilga kelib yetadi, undan so‘ng bozor “ishtahalari” pasaya boshlaydi. Buning sababi etib muqobil energetika manbalari – gaz, shamol generatsiyasi, atom va gidroenergetikaga o‘tish ko‘rsatilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан