Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyodagi eng chiroyli metro bekatlari (foto)
8.10.2019 10:02,  
1135

Dunyoning ko‘pgina shaharlarida metropoliten jamoat transporti sifatida mashhur. Hozirda 56 mamlakatning 175 ta shaharlarida metropoliten mavjud. Ayrim metro bekatlari borki, ularni ko‘rib beixtiyor o‘zingni ertaknamo joyga tushib qolgandek his qilasan. Sof.uz dunyoning ana shunday eng chiroyli metrolar 10 ligining ro‘yxatini tuzib chiqdi.

10. Yevropa bekati, Budapesht (Vengriya)

Kuniga 1 mln 200 ming yo‘lovchi tashiydigan metropoliten Yevropadagi eng qadimiy metropolitenlardan biridir.

9. Sintagma bekati, Afina (Gretsiya)

Afinaning hamma yerida tarix bor, hattoki metrosida ham.

8. Amirliklar (Emirates) bekati, Dubay (BAA)

Dubay metrosida umuman haydovchilar yo‘q.

7. Nekkrusen bekati, Stokgolm (Shvetsiya)

Stokgolm metrosining 3 ta yo‘nalishida jami 100 ta bekat bor (!)

6. Alisher Navoiy bekati, Toshkent (O‘zbekiston)

Bekat Alisher Navoiyning «Xamsa»dagi syujet bo‘yicha bezatilgan.

5. Universitet bekati, Neapol (Italiya)

Italiya tasviriy san’ati har bir Neapol metropoliteni bekatida aks etgan.

4. Rodxuset bekati, Stokgolm (Shvetsiya)

3. G‘alaba bog‘i, Moskva (Rossiya)

G‘alaba bog‘i bekati bezatilishida O‘zbekistondagi G‘ozg‘on koni marmarlaridan foydalanilgan.

2. Kunstragorden, Stokgolm (Shvetsiya)

Bekat 1975 yilda ochilgan.

1.Toledo bekati, Neapol (Italiya)

Neapolning asosiy savdo markazlari joylshgan ko‘chasi Toledoga olib chiqadigan ushbu bekat bir qancha reytinglarda birinchi o‘rinni olgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан