Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyodagi eng mitti ot bemor bolalarni xursand qilmoqda
10.09.2019 11:34,  
18

Polshada dunyoda eng mitti deya tan olingan ot topildi. Bu haqda NDTV xabar qildi.

Uning bo‘yi yag‘rinigacha atigi 56,7 santimetrni tashkil etadi. Appaluz zotli bu otlarning bo‘yi odatda 160 santimetrgacha bo‘ladi.

Fermerlar Patrik va Katarjina Zelenskiy toychoqni ikki oyligida 2014 yili sotib olib, unga Bombel deb nom qo‘ygandilar. Ularning aytishicha, toychoqning bo‘yi ma’lum vaqtdan so‘ng o‘sishdan to‘xtagan.

Har oy Bombelning egalari toychoqlari bilan bolalar kasalxonasiga borib, bemor bolalarning ko‘nglini ovlaydilar. 

"Bombel bizning hayotimizni butunlay o‘zgartirdi, chunki u bizga boshqa odamlarga yordam berishimiz va bolalarni xursand qilishimizga imkon beradi", deydi Katarjina.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан