Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyodagi eng noodatiy temir yo‘llar yettiligi (foto)
5.11.2019 11:13,  
1649

Temir yo‘llarning tashkil etilishi sanoat asrining eng ko‘zga ko‘rinarli yutuqlaridan biri. So‘nggi yillarda turli xil poyezdlar uchun turlicha temir yo‘llar barpo qilindi. Bu yo‘llarning ayrimlari ekzotik joylardan o‘tadi. Siz bunday ajoyibotlarni dunyo bo‘ylab topishingiz mumkin. Hozirgi sharhda esa ulardan eng yaxshilari bilan tanishing.

Blumer kesmasi

Amerikaning eng boy shtati Kaliforniyadagi ilk temir yo‘llaridan biri Blumer kesmasi hisoblanadi. Mazkur yo‘l tepaliklar orasidan o‘tgani bilan boshqalaridan ajralib turadi. Yo‘l 1860-yillarda yog‘ochdan qurilgangan bo‘lib, uning uzunligi 150 metrni tashkil etadi. O‘sha vaqtda odamlar bu qurilishga “dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi” deya ta’rif berishgan.

19-qavatdan o‘tgan temir yo‘l

Xitoyning Chautsin shahrida noodatiy ko‘p qavatli uy bor. Me’morlar bu uyning qavatlari orasidan temir yo‘l kesib o‘tgan. Sizga g‘alati tuyulishi mumkin, lekin aholisi o‘ta zich yashaydigan bu shaharda yashovchilar uchun buning ajablanarli joyi yo‘q.

Xanoydagi poyezd

Bunisi Xitoynikidan ham qiziqarliroq. Vetnamda, jumladan uning poytaxti Xanoyda dunyodagi eng tor ko‘chalardan o‘tadigan temir yo‘llarni ko‘rishingiz mumkin. Mahalliy aholi uchun ushbu temir yo‘lning tashkil etilishi uzoq vaqtdan beri xavfli bo‘lib ko‘rinmagan. Tasavvur qiling! Non olish uchun do‘konga boraman desangiz, tashqaridan poyezd o‘tyapti. Shartta poyezdga chiqib olib, qaytishda piyoda qaytaverasiz:)

Hindenburgdamm

Germaniyada ajoyib Hindenburgdamm to‘g‘oni mavjud. Ajoyibligiga sabab, to‘g‘on yuqorisadan 11 kilometrlik temiryo‘l o‘tgan. Bu yo‘l Silt oroli bilan materik o‘rtasidagi masofani bog‘lab turadi. Ushbu muhandislik mo‘’jizasi 1927 yili yaratilgan. Undan har kuni 100 dan ortiq poyezdlar o‘tadi.

Eng uzun tunel

Gotard bazis tuneli dunyodagi eng uzun temir yo‘llaridan biri sanaladi. Tunel Shveysariya Alpi orqali shimoliy va janubiy Yevropani yuqori tezlikda bog‘laydi. Uning uzunligi 57 kilometr. Majmuaning rasmiy ochilishi 2016 yilda bo‘lib o‘tdi.

Viaduk

Shveysariyaning Brusio kommunasi (tumani)da ajoyib aylana hosil qilgan Viaduk temiryo‘lini uchratish mumkin. Aylanma yo‘lning uzunligi 110 metrni tashkil etadi.

Ayeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini kesib o‘tgan temir yo‘l

Yangi Zelandiyada, Gisborn aeroportida, uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab eng g‘ayrioddiy temir yo‘l bor. Samolyotlar qo‘nishni yoki parvoz qilishni boshlaganda, temir yo‘lning ushbu qismida bo‘lgan barcha poyezdlar darhol to‘xtaydi.

Bonus. Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘li. Ushbu ro‘yxatga kirmagan bo‘lsa-da, O‘zbekistonning yangi tarixidagi muhim iqtisodiy yutuqlardan biri bo‘lgan ushbu temir yo‘l haqida ham ma’lumot berishga qaror qildik. Uzunligi 223 km bo‘lgan temir yo‘llar mamlakatimiz janubidagi viloyat Surxondaryoni boshqa mintaqalar bilan bog‘laydi. 1800 metr balandlikdan o‘tadigan temir yo‘llar nafaqat tog‘lardagi tunellar orqali, balki tog‘lar tepasidagi cho‘qqilar ustidan ham o‘tgan. Tog‘lar oralab temir yo‘l uchun ustunlar ham qad rostlagan. 1800 metr balandlikdan o‘tadigan yo‘l uchun mo‘ljallangan ustunlarning balandligini tasavvur qilavering.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан