Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyodagi eng so‘nggi urg‘ochi oq jirafa brokonerlar tomonidan o‘ldirildi
12.03.2020 18:06,  
575

Keniyadagi Garissa qo‘riqxonasi hududida brokonerlar noyob oq jirafa va uning bolasini o‘ldirgan. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph nashriga tayanib, Kommersant xabar bermoqda.

Ular o‘ldirilgandan so‘ng, qo‘riqxonada bittagina oq jirafa qoldi — o‘ldirilgan ona jirafaning boshqa bolasi.

“Biz oq jirafalarga g‘amxo‘rlik qiladigan dunyodagi yagona tashkilotmiz. Bu kamyob va noyob turlarni saqlab qolish yo‘lidagi fojia bo‘ldi”, — dedi qo‘riqxona menejeri Muhammad Ahmadnur. Uning ta’kidlashicha, ovchilar dunyodagi so‘nggi ayol oq jirafani o‘ldirdilar.

Oq jirafa 2017 yilda qo‘riqxonaga kirgan va jamoatchilik unga qiziqqan edi. Keyinchalik u ikki marta bolalagan. Oxirgi marta u o‘tgan yilning avgust oyida tug‘gan edi.

Ushbu jirafalarning noodatiy rangi albinizmdan emas, balki leykizmdan — hayvonlarda tashqi qoplam pigmentatsiyasining qisman yo‘qolishiga olib keladigan mutatsiyadan kelib chiqadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан