Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyodagi eng yirik Berlin ko‘rgazmasida O‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda
5.02.2020 20:38,  
165

2020 yilning 5-7 fevral kunlari Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilayotgan 28 meva va sabzavotlarning xalqaro savdosi va logistikasi yarmarkasi “Fruit Logistica”da Qishloq xo‘jaligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda respublikadagi qator ishlab chiqarish kompaniyalari va fermer xo‘jaliklari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar qiladi.

1993 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadigan ushbu yarmarka dunyodagi yangi mahsulotlar savdosi uchun eng katta maydon hisoblanadi. An’anaviy tarzda dunyoning etakchi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishtirok etadilar. Ko‘rgazmadagi mahsulotlar qatoriga qayta ishlanmagan sabzavot va mevalar, quritilgan mevalar, yong‘oqlar, ziravorlar, gullar va boshqalar kiradi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi salohiyati 200 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yagona milliy stendda namoyish etiladi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Berlinga tashrifi doirasida Germaniya, Niderlandiya, Fransiya hamda Boltiqbo‘yi davlatlarining yetakchi import kompaniyalari bilan uchrashuvlar, muzokaralar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан