Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus vasvasasi: dunyoni masonlar boshqaradimi?
25.03.2020 14:40,  
4031

Koronavirus faqat tibbiy jihatdan zararli bo‘lib qolmay, uning vasvasasi aqlni ham zaharlaydi.

Ayni vasvasa girdobida "Buni dunyodagi falon kuchlar (yahudiylar, masonlar, yana allambalolar) o‘ylab topgan. Maqsad – boyliklarni bo‘lib olish, xalqlarni qul qilish", degan quruq, asossiz vahima va puch nazariyalar yana bosh ko‘taribdi.

Har narsani yahudiylar, masonlar va yana allaqanday ko‘rinmas kuchlarga bog‘lash – ojizlik belgisi. Nafaqat jismoniy, balki ruhiy va aqliy ojizlik ham. Qolaversa, bunday fikrlash oxir-oqibatda: "Dunyoni Alloh emas, falonchilar boshqaradi", degan shirkiy e’tiqodga olib boradi. Xuddi yuz yillar avval ertakka ishonadigan, din va dunyo ilmidan mosuvo johillar "Dunyoni qutblar boshqaradi", deb ko‘knori chekib, kayf qilib yurganidek.

Undan ko‘ra, dinni o‘rganaylik – bunday vasvasalardan chetda bo‘lamiz. Alloh Ta’olo

"Albatta, barcha ish Allohnikidir", ("Oli Imron" surasi, 154-oyat) va

"Ogoh bo‘ling, (barcha maxluqlarni) yaratish va buyurish (dunyoni boshqarish) Unikidir" ("A’rof" surasi, 54-oyat), degan.

Dunyoni o‘rganaylik – Alloh Ta’olo barcha narsani sabablarga bog‘lab qo‘yganini bilamiz. Bilimimiz oshgani sari bunday ofatlar, balolar qandaydir ko‘rinmas kuchlar vositasida emas, aynan o‘zimizning ham ishtirokimiz bo‘lgan qaysidir xatolar (ilm-fandan ortda qolish, tarixda o‘tgan voqealardan to‘g‘ri xulosa chiqarmaslik) evaziga boshimizga kelganini tushunib yetamiz.

Ammo eng osoni: fitna nazariyalariga berilish. Ya’ni, kim o‘zini dunyoda yahudiylar, masonlar hukmron ekanligiga ishontira olsa, uyog‘iga jiddiy harakat qilmasa ham bo‘ladi – har qanday muammoga o‘shalarni aybdor qilib, qo‘lni sovuq suvga urmay yurish mumkin:

  • – Falon sohada kashfiyot qilaylik, biz musulmonlar ham rivojlanaylik.
  • – E, qo‘ysang-chi, masonlar bunga yo‘l bermaydi.
  • – Foizsiz qarz beradigan jamg‘arma (bank) ochaylik.
  • – Yahudiylar bunga yo‘l bermaydi...

Masonlar, yahudiylar nimadir qilayotgandir, muvaffaqiyatga erishayotgandir, boshqalarga yo‘l ham bermayotgandir, balki. Ammo bularning barchasiga sabab ularning qarshisida "masonlar", "yahudiylar" degan ko‘rinmas kuch yo‘qligida deb bilaman: "Nimanidir qilishga bel bog‘ladikmi, qilish kerak".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан