Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyoning eng boy odamining boyligi $172 mlrd.ga yetdi
2.07.2020 18:10,  
353

Dunyodagi eng boy odam - Amazon asoschisi Jeff Bezosning yangi tarixiy natijaga 171,6 milliard dollarga ko‘tarildi. Bu haqda Bloomberg Billionaries Index (BBI) reytingiga tayanib Bloomberg nashri xabar bermoqda.

Yangi rekord Amazon aksiyalari narxining ko‘tarilishi natijasida paydo bo‘ldi - chorshanba natijalariga ko‘ra, u 4,4 foizga o‘sib, 2878,7 dollarni tashkil qildi.

Joriy yilning birinchi yarim yillikda Bezosning boyligi 56,7 milliard dollarga o‘sdi va bu holat agentlik "Buyuk depressiyadan keyingi eng yomon iqtisodiy tanazzul davrida AQShda odamlar farovonligi oshib borayotganini ta’kidlaydi".

May oyida kichik biznesga konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi Comparisun kompaniyasi Bezos 2026 yilga kelib boyligi $1 trln.ga yetadigan birinchi odam bo‘lishini prognoz qildi. Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, Jeff Bezos ketma-ket uch yildan beri dunyoning eng boy odami maqomini saqlab kelmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан